Davlat tilida ish yuritish asoslarini o’qitish va malaka oshirish markazi “O’zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining an’anaviy hamda masofaviy shaklda malaka oshirgan 30 dan ortiq rahbar va mas’ul xodimlariga “O’zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish”, shuningdek “O’zbek tili” o’quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganligi haqidagi sertifikatlarni tantanali ravishda topshirdi.
Mashg’ulotlar Jamiyat markaziy binosida Davlat tilida ish yuritish va malaka oshirish markazi o’qituvchisi Odinaxon Saidaxmedova itomonidan olib borildi.
Tadbirda ishtirok etgan Markaz rahbari Inomjon Azimov barcha tinglovchilarni tabriklab, sertifikat va tashakkurnomalarni taqdim etdi.