E’LON
MA’NAVIYAT VA DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI DEPARTAMENTi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI HUZURIDAGI DAVLAT TILIDA ISH YURITISH ASOSLARINI O‘QITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI
AXBOROT XATI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850, 2020-yil
20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligiga 32 yil to‘lishi munosabati bilan Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamkorlikda 2021-yil 16-oktabrda “Davlat tili taraqqiyoti: muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etayotganligini ma’lum qiladi.
Аnjuman quyidagi sho‘balar bo‘yicha ish olib boradi:
O‘zbek-lotin alifbosi va imlosi muammolari;
Davlat tilida ish yuritish masalalari;
Neyming tilshunosligi va tashqi yozuvlarni tartibga solish masalalari;
Soha lug‘atlarini tuzish va terminologiya masalalari;
Ta’lim bosqichlarida davlat tilining o‘qitilishi.
Anjumanda tilshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar, maktab o‘qituvchilari, doktorantlar, tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar, shuningdek, davlat tili masalalariga qiziquvchi boshqa soha vakillari ishtirok etishi mumkin.
Anjumanda ishtirok etishni xohlovchilar diqqatiga:
Аnjumanda ishtirok etuvchilar maqola matnini anjuman sho‘basi ko‘rsatilgan holda murodkasim63@mail.ru, bibish.jrayeva.@mail.ru, farxod.7272@gmail.ru elektron manziliga 2021-yilning 5-oktabriga qadar jo‘natishlari tavsiya etiladi. Anjuman materiallari Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi homiyligida nashr qilinadi.
Ilmiy maqolalarni tayyorlashda quyidagilarga amal qilishingiz so‘raladi:
- maqola nomi bosh harflar bilan 12 so‘zdan ortmagan holda uch (o‘zbek, rus va ingliz) tilda beriladi;
- maqolada muallif to‘g‘risidagi maʼlumotlar (F.I.Sh., ilmiy daraja, unvon, ish joyi) va elektron manzil ko‘rsatilishi lozim;
- annotatsiyadan so‘ng kamida 5–7 ta kalit so‘z uch (o‘zbek, ingliz) tilda keltirilishi shart;
- maqola matni kalit so‘zlardan keyin ikki interval pastdan berilishi kerak;
- maqola hajmi – 5–7 bet oralig‘ida bo‘lishi tavsiya etiladi;
- maqola Microsoft Word formatda; Times New Roman 14 kegel shriftda, qator orasi 1,5 intervalda tayyorlanadi;
- matn o‘ng tomondan – 30 mm, chap tomondan – 15 mm, yuqori va pastdan – 20 mm hoshiya qoldirilib yoziladi;
- matnda havolalar to‘rtburchak qavs ichida, manbaning adabiyotlar ro‘yxatidagi raqami va sahifasi ko‘rsatilgan tartibda beriladi [1, 56];
- foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati matnning so‘ngida beriladi;
- tashkiliy qo‘mita maqolalarni saralash va tahrirlash huquqiga ega;
- maqolada keltirilgan faktlar va mulohazalar uchun shaxsan muallif javobgar.
Muallif haqida ma’lumotlar: Maqola nomidan 1 interval pastda, o‘ng tomonda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi qoraytirilgan harflar bilan, keyingi qatorlarda muallifning ilmiy darajasi, unvoni, tashkilot nomi va elektron manzili qiya harflar (kursiv)da ko‘rsatilishi lozim.
Havola va foydalanilgan adabiyotlarning berilish tartibi: Manba havolasi to‘rtburchak qavs ichida, manba muallifi familiyasi, nashr yili va sahifasi ko‘rsatilgan tartibda beriladi.
Namuna: [Nurmonov, 2012: 56].
- foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati yuqorida qayd etilgan tartibda matnning so‘ngida beriladi.
NAMUNA
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH: MUAMMO VA YECHIMLAR
Abdullayev Javohir Usmon o‘g‘li
Filologiya fanlari nomzodi, dotsent,
Alisher Navoiy nomidagi
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti,
Annotatsiya
Annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya.
Kalit so‘zlar: (5-7 ta so‘z)
Annotation
Annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation.
Key words: Key words, key words, key words, key words, key words, key words, key words. Asosiy matn. (7-10 bet) Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. [Akramov, 1997: 3]. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. [Kormushin, 1997: 200].
Foydalanilgan adabiyotlar:
- Nurmonov Tanlangan asarlar. – T.: Akademnashr, 2012. – B.350.
- Ne’matov H. O‘zbek tilining tarixiy fonetikasi. – T.: O‘qituvchi, 1992. – B.52.
- Radloff Die alttürkischen Inschriften der Mongolei. Neue Folge. St.-Pbg.: 1894. – P. 460.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun tаshkiliy qo‘mitаga murojааt qilish mumkin: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi. Tel: 90-606-09-63 (Murodqosim Abdiyev); 91-419-60-89 (Bibish Jo‘rayeva); 91-394-04-42 (Farhod Bobojonov); 97-490-06-76 (Marhabo Umirzoqova).