Onlayn o‘quv-seminari tashkil etildi

“Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq ish yuritish” bo‘yicha onlayn o‘quv-seminari  tashkil etildi.

O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yilning 21-oktabrida “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi                     PF-5850-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yilning 20-oktabrida “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamkorligida joriy yilning 13-oktabr kuni “Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq ish yuritish” bo‘yicha onlayn o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘quv-seminarida Toshkent viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarma boshlig’i o‘rinbosari Mahmudova Dilafruz Timurovna, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yiritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Azimov Inomjon Mamasodiqovich, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti Xojiyeva Shaxlo Xazratovnalar tomonidan seminar ishtirokchilariga O‘zbek tili yozuvining tarixi, O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish bo‘yicha qabul qilingan hujjatlar to‘g‘risida, shuningdek, hujjatlarni rasmiylashtirishda qo‘yiladigan talablar hamda Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritish, imlo qoidalarini to‘g‘ri qo‘llash masalasida maʼruzalar qilindi hamda kirill va lotin alifbosidagi o‘zgarishlar bo‘yicha qoidalar tushuntirib o‘tildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan