Til jamiyat bilan birga yashaydi
O’zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Akkreditatsiya markazi DUKda “Qadring baland bo’lsin, o’zbek tilim!”mavzusida bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tili asoslarini o’qitish va malaka oshirish markazi bo’lim boshlig’i Boboyorov O’rinboy Mahmudovich ishtirok etib,o’zbek tilining tarixi,buguni,Davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyi to’g’risida atroflicha to’xtalib o’tdi.