Anjuman tashkil etildi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan joriy yilning 5-noyabrida “Davlat tili taraqqiyoti: muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.
Anjumandan ko‘zlangan maqsad. O‘zbek tilining bugungi kundagi o‘rni, ahamiyati, imlo masalalari, davlat tili sifatida nufuzi, lug‘atlar tuzish bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, ta’lim bosqichlarida davlat tilining o‘qitilishiga doir soha mutaxassislarining tadqiqotlari, izlanishlari bilan tanishishdan iborat.
Anjuman Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor SIROJIDDINOV Shuhrat Samariddinovich;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri QIRGʻIZBOYEV Abdug‘affor Karimjonovich;
O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor XAKIMOV Raximjon Rasuljonovich hamda
O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklor instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor MAHMUDOV Nizomiddin Mamadaliyevichlarning kirish so‘zi bilan ochib beriladi.
Shuningdek, Anjumanning yalpi yig‘ilishida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Yo‘ldoshev Ibrohim Jo‘rayevich, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professori Ravshan Jomonov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori Abdulhay Sobirov, Davlat tilida iash yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimov, Markazning Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Abdiyev Murodqosim Bolbekovichlar o‘zbek tilining bugungi kundagi o‘rni, ahamiyati, uning davlat tili sifatida nufuzi, davlat tiliga munosabat, imlo masalalari, muammo va yechimlar, lug‘atlar tuzish bilan bog‘liq masalalar, davlat tilida ish yuritishdagi muammoli va mulohazali masalalar bo‘yicha ma’ruza va chiqishlar bo‘lib o‘tdi.
Yalpi yig‘ilishdan so‘ng “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi”, “Davlat tilida ish yuritish masalalari”, “Neyming(nomlash) tilshunosligi va tashqi yozuvlarni tartibga solish masalalari”, “Soha lug‘atlarini tuzish va terminologiya masalalari” hamda “Ta’lim bosqichlarida davlat tilining o‘qitilishi masalalari” bo‘yicha sho‘ba yig‘ilishlari tashkil qilindi.