Navbatdagi o’quv mashg’uloti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmoniga muvofiq, 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish,shuningdek, vazirlik va idoralar tarkibida ish yuritish, barcha idoralararo hujjatlar aylanishi davlat tilida bo‘lishini ta’minlash va bu jarayonda davlat tiliga qat’iy amal qilishni nazorat qilish belgilangan. Farmonning mazmun-mohiyati, ijrosini ta’minlash, davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini mustahkamlash masalalari bo‘yicha “UzAvto Motors” kompaniyasi xodimlari bilan o‘quv-seminari tashkil qilindi. O‘quv mashg‘uloti Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i  Boboyorov O‘rinboy Mahmudovich tomonidan olib borildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan