TATUda davra suhbati

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti matbuot markazida  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka  oshirish markazi bilan hamkorlikda Til va imlo masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda o‘zbek tilining nufuzi va mavqeyini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosining tarixi, buguni hamda alifboda kutilayotgan o‘zgarish va islohotlar, yozuvning xalq taqdiridagi o‘rni masalalari bo‘yicha Markaz bo‘lim boshlig‘i O‘rinboy Boboyorov atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Mavzu doirasidagi savol va fikrlar muhokama qilindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan