“Til – millat ko‘zgusi”

Joriy yilning 16-noyabr kuni Sergeli tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida   mavzusida seminar o‘tkazildi.  Seminarda  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlar o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, f.f.n., dotsent  Inomjon Azimov Mamasodiqovich so‘zga chiqdi. Jumladan: o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida isloh qilinishi kutilayotgan harf hamda harfiy birikmalar to‘g‘risida atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish, tashkilotlarda davlat tilida ish yuritish tizimini takomillashtirish, ona tilimizning sofligini saqlash, uning zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.  Mazkur seminarda tumandagi barcha o‘zbek tili va adabiyoti fan o‘qituvchilarining ishtirok etishi ham uning bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tishi hamda e’tiborga molik ekanligini ta’minladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan