Jarayon…
Davlat tilida ish yuritish markazida dars jarayonlari qizg’in tarzda davom etmoqda. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek tiliga bosqichma-bosqich o’tilayotganligining natijasi o’laroq turli davlat tashkilotlari xodimlaridan tuzilgan guruhlar o’zbek tilining imlo, punktuatsiya va rasmiy ish hujjatlari bilan bog’liq jihatlarini qunt bilan o’rganishmoqda. Ma’lumot o’rnida: mazkur kurs uchun universitetning yosh, iqtidorli mutaxassislari tomonidan ilg‘or xorijiy tajribalar asosida o‘quv dasturi ishlab chiqilgan bo’lib, joriy yilning mart oyidan talabgorlarning o‘zbek tilini bilish darajasiga qarab o‘quv jarayonlari tashkil qilib kelinmoqda. Hozirgi kunga qadar esa 329 nafar tinglovchi kursni muvaffaqiyatli tamomladi.