TAQDIRLASH MAROSIMI O’TKAZILDI

Joriy yilning 30-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan teleradio kanallar hamda televideniyelar xodimlarini sertifikatlar bilan taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Teleradio kanallar hamda televideniyelar xodimlari uchun 2021-yil 17-dekabrdan 29-dekabrgacha bo‘lgan muddatda “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va nutq madaniyati” dasturi asosida dars-mashg‘ulotlari tashkil qilindi. Kurs yakunida madaniyat xodimlari sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Markaz direktori I.Azimov suhandon va boshlovchilarning keyingi faoliyatiga omad tiladi, kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabrikladi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan tilaklar bildirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan