Seminar tashkil etildi
Joriy yilning 6-7-yanvar kunlari Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligida lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi, oʻzbek adabiy tili me’yorlari masalalariga bagʻishlangan oʻquv seminari tashkil qilindi. Unda vazirlikning barcha xodimlari ishtirok etishdi. Seminarda markaz direktori I.Azimov hamda filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Umirzoqova alifbodagi ba’zi harflarga (jumladan, Oʻ, Gʻ, Ch, Sh, ng) kiritilayotgan shakliy oʻzgarishlar, buning sabablari, 1995-yilda tasdiqlangan “Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari” kirill alifbosidagi imlo qoidalari bilan taqqoslangan holda, alifbo va imloning muammoli jihatlariga toʻxtalib oʻtdi.

Vazirlar Mahkamasining 61-son (2021-yil 10-fevral) qarori asosida 2023-yil 1-yanvaridan mamlakatda toʻliq lotin yozuviga oʻtilishi munosabati bilan mazkur qaror ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar, alifbo, imlodagi muammolar boʻyicha ishtirokchilarning fikr-mulohazalari eshitildi. Seminar ishtirokchilariga Markaz tomonidan tayyorlangan “Oʻzbek adabiy tili” kitobi taqdim etildi.
