Davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo’yicha navbatdagi sinov-imtihonlari
Bugun Markaz va uning hududiy bo’linmalarida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi “O’zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 592-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi talabgorlardan davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo’yicha navbatdagi sinov-imtihonlari bo’lib o’tdi.
Sinovlar belgilangan nizom asosida test, yozma va og’zaki shakllarda o’tkazildi.