“Qatag‘on qurbonlari” xotira muzeyiga tashrif

Yurtimiz ozodligi va erkinligi, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusi, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lganlar xotirasi avlodlar yodida hamisha barhayot.

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi tinglovchilari 2022-yil 25-mart kuni Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari” xotira muzeyiga tashrif buyurishdi.

Muzeydan o’rin olgan eksponatlar ajdodlarimizning tahlikali yillarda kechirgan hayoti va faoliyati haqida so’zlaydi va ularning xotirasini abadiylashtirish va o’sib kelayotgan yosh avlod qalbida ularga bo’lgan hurmat va ehtiromni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan