Respublika ilmiy-amaliy anjumani
Kecha, joriy yilning 29-martida Farg‘ona davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Muhammadjon Hakimov Xo‘jaxonovichning 60 yillik tavalludi munosabati bilan universitetda “Filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Anjumanda ko’plab tilshunos olimlar qatori O’zbek tilini rivojlantirish jamg’armasi direktori Eminov Azizjon G’ulomjonovich va Davlat tilida ish yuritish asoslarini o’qitish va malaka oshirish markazi bo’lim boshlig’i Dehqonov Hasanboy Ubaydullayevichlar ishtirok etdilar.