“TILLASHAMIZ – DILLASHAMIZ” MAVZUSIDA VEBINAR

Bugun Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasining Milliy tabiat bogʼlari va ovchilik boshqarmasida “Tillashamiz – dillashamiz” mavzusida vebinar boʼlib oʼtdi. Unda Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʼqitish va malaka oshirish markazi direktori, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Inomjon Аzimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʼzbek tilini rivojlantirish jamgʼarmasi direktori, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Аzizbek Eminov ishtirok etdi.

Vebinarda davlat tili boʼyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, ularning joylardagi ijrosi, lotin alifbosiga asoslangan oʼzbek yozuviga oʼtish masalalari, xodimlarning davlat tili boʼyicha malaka oshirishlari, qoʼmita va uning tizim tashkilotlarida davlat tili yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar borasida fikr yuritildi. Jamgʼarma direktori tomonidan Milliy tabiat bogʼlari va ovchilik boshqarmasiga kitoblar sovgʼa qilindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan