Esse-baholash mezoni.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida markazimizda “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” kursi yo’lga qo‘yilgan  bo‘lib, unda davlat tashkilotlarining boshqaruv xodimlari, mutaxassislari malaka oshirmoqdalar.

“O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” o‘quv kursi 144 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, tinglovchilarda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi, o‘zbek adabiy tili me’yorlari, davlat tilida ish yuritishga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan.
Bugun 25-aprel  kuni Markazda malaka oshirayotgan O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimi xodimlaridan iborat guruh yakuniy imtihon doirasida esse yozdilar.
Esse orqali tinglovchilarning mavzu doirasidagi dunyoqarashi, bilimi, tafakkuri, shuningdek, savodxonlik darajasi baholanadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan