Mudofaa vazirligi xodimlariga sertifikatlar va Markaz rahbarining tashakkurnomalari tantanali topshirildi
Navbatdagi malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan Mudofaa vazirligi xodimlariga sertifikatlar va Markaz rahbarining tashakkurnomalari tantanali topshirildi.
Tadbirni malaka oshirish markazi rahbari Azimov Inomjon Mamasodiqovich ochib berdilar va tinglovchilarni kursni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan tabrikladi. Mudofaa vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi oshirish, davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo’yicha maslahatchisi Abdurahmonov Ahror Abdurahimovich ham so’zga chiqib tinlovchilarning kelgusi ishlarida muvaffaqiytlar tiladi.
Malaka oshirish jarayonida faolligi, ilm olishga intiluvchanligi va yuqori natijalarni qayd etgan tinglovchilarga tashakkurnomalar ham berildi.