Toshkent viloyati hududiy bo’linmasida kimlar malaka oshiryapti?
Ayni kunlarda Toshkent viloyatining qator ishlab chiqarish birlashmalari, xususan, “Maksam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati, “Angren BRZ” MCHJ, “Ammofos-Maksam Olmaliq” AJ larida “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” kurslaridan ko‘chma mashg‘ulotlar davom etmoqda. Joriy yilning 5-may sanasidan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan tashkil etilgan bir oylik an’anaviy malaka oshirish mashg‘ulotlariga “Maksam-Chirchiq” AJ, “O‘zkimyosanoatloyiha” AJ, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti rahbar-xodimlaridan iborat 2 ta guruhda 65 nafar, “Angren BRZ” MCHJ va “Ammofos-Maksam Olmaliq” AJ laridan 25 nafardan tinglovchi jalb etilgan.
“Maksam-Chirchiq” AJ – A.Abdullayev
“Ammofos-Maksam” AJ Olmaliq – O’.Saidov
“BRZ” MCHJ Angren – S.Djumayeva
Onlayn mashg’ulot – R.Abdullayeva-Tillayeva
“Maksam-Chirchiq” AJ – N.Muratova
Mashg‘ulotlar o‘qituvchilar Nafisa Muratova, Akmal Abdullayev, dotsent Safiya Djumayeva, katta o‘qituvchi O‘lmasjon Saidovlar tomonidan olib borilmoqda.
An’anaviy kurslarda o‘qitilayotgan 115 nafar rahbar-xodimdan tashqari, markaz onlayn mashg‘ulot platformasida viloyatimizning kadastr agentligi, bandlik boshqarmalari, ftiziatriya va pulmonologiya markazi va shifoxonasi, Angren, Olmaliq, Nurafshon, Yangiyo‘l, Chirchiq shaharlari, Bo‘stonliq, Qibray tumanlari xodimlari, mudofaa tizimi harbiy xizmatchilaridan 36 nafari ushbu kursdan masofaviy shaklda malaka oshirib kelishmoqda.