SUXANDON VA BOSHLOVCHILARGA MALAKA OSHIRISH SERTIFIKATLARI BERILDI

Prezidentning tegishli farmoniga binoan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi  teleradiokanallarning suxandon va boshlovchilarini o‘zbek adabiy tilidagi nutq madaniyatini oshiruvchi qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish belgilangan. Farmon asosida Markazda tashkil etilgan «O‘zbek adabiy tili me’yorlari va nutq madaniyati» kursini muvafaqqiyatli tamomlagan bir qator Milliy teleradiokompaniya xodimlariga sertifikatlar topshirildi.
Markaz direktori Inomjon Azimov xodimlarni tabriklab, ularning sharafli ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi va sertifikatlarni topshirdi.

“Ushbu kurs, yangilikni ommaga tezkor, sifatli yetkazish bilan shug’ullanuvchi MTRK  xodimlarga ayni muddao”  – deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nasiba Ibragimova.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan