DOLZARB O‘QUV SEMINARI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-maydagi 30/1-3425-son topshirig‘ining ijrosini ta’minlash, shuningdek, vazirlik, idoralar, barcha tashkilotlar, mahalliy hokimliklar, xo‘jalik birlashmalarida lotin alifbosiga asoslangan alifboga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tish hamda davlat tilida ish yuritishga to‘liq amal qilish  borasidagi amaliy ishlar ijrosini ta’minlash masalalari bo‘yicha navbatdagi seminar tashkil qilindi.

“O‘zagrolizing” AJ va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamkorligida  tashkil qilingan mazkur o‘quv seminari “Davlat tilida ish yuritish va bugungi kundagi mavjud muammolar” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

An’anaviy va masofaviy (ZOOM platformasida) seminar mashg‘ulotida “O‘zagrolizing” AJ boshqaruv apparati va uning joylardagi hududiy filiallarida hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ullar ishtirok etdilar. Ishchan, amaliy bahs-munozalarga boy tarzda o‘tgan o‘quv seminari  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi
bo‘lim boshlig‘i Boboyorov O‘rinboy Mahmudovich tomonidan olib borildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan