Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Ilmiy-metodik kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Kengashning kun tartibiga qo‘yilgan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1 | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrda “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 592-son qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 5-oktabrdagi 515-sonli hamda universitet rektorining 2020-yil 14-oktabrdagi 01-524-sonli buyrug‘i ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlili |
2 | Markaz ta’lim dasturlarining, o‘quv-metodik va me’yoriy hujjatlarining amaliyotdagi ijrosi toʻgʻrisida |
3 | Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasida olib borilayotgan tashkiliy va oʻquv-uslubiy ishlar tahlili |
Yuqoridagi masalalar bo‘yicha a’zolarning qizg’in muhokamalari asosida qarorlar qabul qilindi.