AXBOROT XATI

 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi O‘zbekiston Respublikasining  “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganligiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil  20-oktarbdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli Farmoniga muvofiq “2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi”da belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 22-oktabrda “DAVLAT TILI TARAQQIYOTI: MUAMMO VA YECHIMLAR” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI tashkil etayotganligini ma’lum qiladi.

Аnjuman quyidagi sho‘balar bo‘yicha ish olib boradi:

 

  • O‘zbek tilshunosligining nazariy masalalari;
  • O‘zbek alifbosi va imlosi muammolari;
  • Davlat tilida ish yuritish masalalari;
  • Amaliy tilshunoslik masalalari;
  • Soha lugʻatlarini tuzish va terminologiya masalalari;
  • Ta’lim bosqichlarida davlat tilining o‘qitilishi.

 

Anjumanda ishtirok etishni xohlovchilar diqqatiga:

Аnjumanda ishtirok etuvchilar maqola matnini anjuman sho‘basi ko‘rsatilgan holda markaz@navoiy-uni.uz elektron manziliga 2022-yilning 10-oktabriga qadar jo‘natishlari tavsiya etiladi. Tanlab olingan materiallar “Davlat tili taraqqiyoti: muammo va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari sifatida nashr etiladi.

 

Ilmiy maqolalar tayyorlashda quyidagilarga amal qilishingiz so‘raladi:

 

  • Maqola hajmi – 5-7 bet oralig‘ida bo‘lishi tavsiya etiladi;
  • maqola Microsoft Word formatda; Times New Roman 14 kegel shriftda, qator orasi 1 intervalda tayyorlanadi;
  • matn o‘ng tomondan – 30 mm, chap tomondan – 15 mm, yuqori va pastdan – 20 mm hoshiya qoldirilib yoziladi;
  • maqola nomi 12 so‘zdan ortmasligi, maqola annotatsiyasi maqola matnidan oldin berilishi lozim;
  • annotatsiyadan so‘ng kamida 5-7 ta kalit so‘z keltirilishi shart;
  • maqola matni kalit so‘zlardan keyin ikki interval pastdan berilishi kerak;
  • maqola nomidan 1 interval pastda muallifning familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy darajasi, unvoni, tashkilot nomi va elektron manzili ko‘rsatiladi.
  • matnda havolalar to‘rtburchak qavs ichida, manbaning adabiyotlar ro‘yxatidagi raqami va sahifasi ko‘rsatilgan tartibda beriladi [1:56];
  • foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati matnning oxirida beriladi;
  • tashkiliy qoʻmita maqolalarni saralash va tahrirlash huquqiga ega;
  • maqolada keltirilgan faktlar va mulohazalar uchun shaxsan muallif javobgar.

 

NAMUNA

Oʻzlashtirma soʻzlar imlosidagi ayrim munozarali holatlar

Mansurov Akmal, filologiya fanlari nomzodi,

dotsent, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent

davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti,

akmal@mail.ru

 

 

      Annotatsiya. Annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya,  annotatsiya.

     Kalit soʻzlar: (5-7 soʻz) kalit soʻz, kalit soʻz, kalit soʻz, kalit soʻz, kalit soʻz, kalit soʻz, kalit soʻz.

 

Asosiy matn. (5-7 bet) Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. [1:3]. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. [3: 200].

Foydalanilgan adabiyotlar:

 

  1. Абдуазизов А. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. – Т.: Ўқитувчи, 1992. – Б.134.
  2. Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи. – Т.: Ўзбекистон, 2002. –Б.229.
  3. Сайидов Ё. Фитрат бадиий асарлари лексикаси. Филол. фан. номз. дисс. – Бухоро, 2001. – Б.204.
  4. Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Навоий тилининг грамматик хусусиятлари. –Т.: Фан, 1984. – Б.160.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun tаshkiliy qo‘mitаga murojааt qilish mumkin: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi.Tel: (97)769-96-88 (Shahboz Zarmasov); (90) 606-09-63 (Murodqosim Abdiyev); (91) 394-04-42 (Farhod Bobojonov); (91) 419-60-89 (Bibish Jo‘rayeva)
.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan