Hokimiyat xodimlari sertifikatga ega bo’ldilar.
Barcha tashkilot va muassasalar rahbar-xodimlari “O’zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” kursida bosqichma-bosqich malaka oshirayotganligidan xabaringiz bor.
Navbatdagi kurs Yakkasaroy tuman hokimligining bir guruh xodimlari uchun yakunlandi va kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilar uchun malaka sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi.
Unda, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, filologiya fanlari nomzodi, dotsent I.Azimov, Yakkasaroy tuman hokimi A.Sayfutdinov, hokim o‘rinbosarlari, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i, katta o‘qituvchi O‘.Boboyorovlar, hokimlik xodimlari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-sonli Mamlakatimizda o‘zbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoni ijrosi sifatida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamkorligida Yakkasaroy tuman hokimligi xodimlarini o‘zbek adabiy tili meʼyorlari va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha o‘quv tashkillashtirilgan edi.
O‘quv yakunida 25 nafar hokimlik xodimlariga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining sertifikatlari topshirildi.