YTB Anqara ofisida o‘zbek talaba yoshlari bilan uchrashuv tashkillashtirildi

Turkiyasafar davomida ustozlarimiz va Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU talabalari bilan uchrashdilar. Uchrashuv Yurt Dışı Türkler ve Akraba Toplulukları Başkanlığı (YTB) Anqara ofisida tashkillandi.

YTB – Ushbu davlat tashkiloti har yili dunyoning turli mintaqalaridagi iqtidorli yoshlarga bakalavr, magistratura va doktorantura uchun grant dasturlari ajratadi. Birgina 2021-yilda bu grant dasturiga dunyoning 178 davlatidan 165 mingdan ziyod nomzod hujjat topshirgan. Ulardan faqat 5000 kishi saralab olinadi. Bu yil ToshDO‘TAUdan ham 4 nafar talaba ushbu grantni qo’lga kiritgan.
Ustozlarimiz talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. YTB Anqara ofisida o‘zbek tili kurslari tashkil etilgan bo’lib, ushbu kursda Turkiya, Eron, Ozarbayjon, Turkmaniston, Afg’oniston va Iroq davlatidan kelgan yoshlar o’zbek tilini o‘rganishmoqda. Ularga o‘zbek tili kitoblari sovg‘a qilindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan