Anqara davlat universitetida “O’zbekistonda davlat tili siyosati, alifbo va imlo masalalari” mavzusida anjuman tashkil etildi.
Anqara davlat universiteti tashabbusi bilan Turkiy tillar bo‘limi professor-o‘qituvchilari va o‘zbek tilini o‘rganayotgan talaba yoshlar bilan birga “O‘zbekistonda davlat tili siyosati, alifbo va imlo masalalari” mavzusida anjuman tashkil etildi. Mavzu doirasida davlat tili bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, qabul qilingan normativ hujjatlar, nashr qilinayotgan yangi lug‘atlar xususida ma’ruzalar qilindi. Anjuman savollar, bahs-munozaralarga boy ruhda o’tdi.

“Anjumandan so’ng bo‘lim professor-o‘qituvchilari bilan o‘zaro hamkorlikda o‘quv-uslubiy adabiyotlar yaratish, ilmiy tadqiqotlar olib borish xususida suhbatlashdik, takliflarni birgalikda muhokama qildik. Vaqtini ayamasdan biz bilan birga bo‘lib, samarali amaliy uchrashuvlarni tashkillashtirgan o‘zbek tilining fidoyisi,professor Aynur xonimga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz”, – deydi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Inomjon Azimov.