Markaz faoliyati e’tirof etildi

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Markaz rahbar-xodimlari va Oliy va o’rta maxsus taʼlim vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jamoldinova Odinaxon Rasulovna ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbek tilini davlat tili sifatidagi mavqeyini oshirish, mamlakatimizda lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy qilish hamda davlat tilida ish yuritish borasida Markaz va uning hududiy bo’linmalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar e’tirof etildi. Qo’lga kiritilgan yutuqlar sarhisob qilindi. Markaz va uning Buxoro viloyati hududiy bo’linmasi vazirlikning faxriy yorlig’i bilan taqdirlandi. Vazirlik hamda Markaz tomonidan bu boradagi amaliy ishlar muntazam davom ettirilishi ta’kidlab o’tildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan