Ilmiy-metodik kengash faoliyati davom etmoqda
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida Ilmiy-metodik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Kengashining navbatdagi yigilishida asosiy masalalaridan biri, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasining faoliyati ko‘rib chiqiladi. Hamda Surxondaro viloyatida joylashgan Oliy ta’lim muassasalarida davlat tilida ish yuritish holati muhokama qilinadi. Shu munosabat bilan, yig’ilishga Oliy va o’rta maxsus taʼlim vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jamoldinova Odinaxon Rasulovna taklif etilgan.