“O‘zbek tilida lingvistik ekspertiza” uslubiy qo‘llanmasi nashr etildi.
Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Inomjon Azimov, yuridik fanlari doktori, professor Zafar Ro‘ziyev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Farhod Bobojonovlar hammuallifligida “O‘zbek tilida lingvistik ekspertiza” uslubiy qo‘llanmasi nashr etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 662-son qaroriga muvofiq 2023-yil 1-yanvaridan boshlab normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish talabi kiritildi.
Nizomda: “lingvistik ekspertiza – loyiha matnining davlat tili qoida va talablariga muvofiqligini mutaxassis tomonidan o‘rganilishi” – deya ta’riflanadi.