Qonunchilik palatasida seminar tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Davlat tilida ish yuritilishi yuzasidan seminar tashkil qilindi.
Seminarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Tashkiliy ishlar va kadrlar bo‘limi boshlig‘i Nodir Ergashev ochib berdi.
Davlat tilida ish yuritilishi to‘g‘risida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mas’ul xodimi Rustam Tursunov o‘z nutqida ta’kidlab o‘tdi.
Seminarda Davlat tilida ish yuritish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Аzimov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Аzizjon Eminov o’z maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Parlament kutubxonasiga O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan chop etilgan davlat tilida ish yuritishga doir kitoblar taqdim qilindi.