Senatorlar va Senat devoni xodimlari malaka oshirdilar.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2021-YIL 10-FEVRALDAGI “LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBEK ALIFBOSIGA BOSQICHMA-BOSQICH TO‘LIQ O‘TISHNI TA’MINLASH CHORA-TADBIRLARI TO’G‘RISIDA”gi 61-son qarori bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida doimiy asosda ishlovchi senatorlar hamda Senat devoni xodimlaridan iborat guruh “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi, o‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” kursini yakunladilar. Ular mazkur kurs yakunida o‘zlarining yangi alifbodagi yozma ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdilar. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, Oliy Majlis Senatida rasmiy ish yuritish 2023-yil 1-yanvardan boshlab to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida olib borilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan