“Ozarbayjon yozuvi va alifbosining tarixi” mavzusida seminar tashkil etildi.

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamkorligi asosida ToshDO‘TAUda  Ozarbayjon tillar universiteti  Turk dunyosi tadqiqotlari markazi direktori filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Elchin Ibrohimov “Ozarbayjon yozuvi va alifbosining tarixi” mavzusida seminari tashkil etildi.

Tadbirni davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov ochib berib, Ozarbayjon hamda O‘zbekiston til siyosatidagi hamkorlikning mustahkamligi va bu borada amalga oshirilgan ishlar haqida fikr yuritdi.
Seminar davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Seminar so‘ngida O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi  direktori A.Eminov so‘zga chiqib, jamg‘arma tomonidan nashr etilgan kitoblardan universitet talabalari va ustozlarga  sovg‘a qilindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan