Muhammad Ismoil kitobi taqdimoti o‘tkazildi
Taniqli shoir, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Sirdaryo viloyati hududiy bo’linmasi rahbari Ismoilov Muhammad Rahmonqulovich (Ismoil Muhammad) ning “Lablaring ismimni aytsin” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori filologiya fanlari nomzodi, dotsent Inomjon Azimov hamda Turkiyaning Bandirma universiteti professori, taniqli turkolog, adabiyotshunos olim Baxtiyor Aslan ham ishtirok etdilar.