Moskvada stajirovka
Joriy yilning 5-aprelidan boshlab Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Buxoro viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari, f.f.d., professor B.Jo‘rayeva M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Osiyo va Afrika mamlakatlari institutida ilmiy stajirovkada bo‘lib qaytdi.
B.Jo‘rayeva 7-aprel kuni institutdagi XXX “Dmitriyev o‘qishlari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish bilan bir qatorda “O‘zbek tilida maqol va matal munosabati” mavzusida ma’ruza qildi.
Safar davomida M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti Markaziy Osiyo va Kavkaz mamalakatlari kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor Sizdikova Jibek Saparbekovna bilan uchrashdi, o‘zbek tili va uning xalqaro miqyosdagi ravnaqi yo‘lida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar, bu borada kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan amaliy harakatlar xususida fikr almashdi.