ILMIY MAQOLALARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR || “Zamonaviy o‘zbek tili”

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi

 

“Zamonaviy o‘zbek tili” – tilshunoslik, kompyuter lingvistikasi, korpus lingvistikasi, lingvistik ekspertiza, milliy terminologiya, o‘quv lug‘atchiligi, ona tili ta’limi, lingvoma’naviyatshunoslik kabi qator zamonaviy amaliy lingvistika yo‘nalishlarni qamrab olgan ilmiy-amaliy jurnal.

Jurnal bir yilda to‘rt marta nashr etiladi.

Jurnalning maqsadi – yuqorida ko‘rsatilgan amaliy lingvistika yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzulardagi bahs-munozaralarga undaydigan, yangi, mustahkam konsepsiyaga ega, boshqa jurnallarda nashr etilmagan tadqiqotlar nashrini amalga oshirishdir.

 “ZAMONAVIY O‘ZBEK TILI” ILMIY-AMALIY JURNALIDA CHOP ETILADIGAN ILMIY MAQOLALARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

MAQOLA TAQDIM QILISH TALABLARI

 

Zamonaviy o‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasi, MDH va Markaziy Osiyo davlatlarida tilshunoslik, kompyuter lingvistikasi, korpus lingvistikasi, lingvistik ekspertiza, milliy terminologiya, o‘quv lug‘atchiligi, ona tili ta’limi, lingvoma’naviyatshunoslik sohalarini qamrab olgan ilmiy jurnaldir.

Jurnal zamonaviy o‘zbek tilining dolzarb muammolari va ustuvor vazifalariga doir tahliliy mavzudagi ilmiy tadqiqotlarni, shuningdek, til sohasidagi yoshlar hayoti, ularning qiziqishlari, dunyoqarashi, maqsad-maslaklari, keng jamoatchilik, olimlar, ziyolilar, o‘qituvchi-murabbiylar, ilmiy tadqiqotchilar, umuman, shu kasbdagi o‘quvchilar faoliyatiga doir ilmiy-nazariy maqolalarni nashr qiladi.

“Zamonaviy o‘zbek tili” ilmiy-amaliy jurnaliga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan asosiy talablar jahon andozalari hamda O‘zbekistonda amal qilayotgan ilmiy tadqiqotlar tizimi andozalaridan kelib chiqadi.

I.Maqola taqdim etish uchun umumiy talablar

Muallif (yoki mualliflar) tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy maqola mavzusi “Zamonaviy o‘zbek tili” ilmiy-amaliy jurnalining rukniga mos kelishi shart.

Jurnal tahririyatiga taqdim etilayotgan maqolaga muallif (yoki mualliflar) ishlayotgan muassasa (tashkilot, korxona) rahbariyatining yo‘llanma xati; ekspert hay’ati dalolatnomasi – 2 nusxada; maqola yozilgan ilmiy yo‘nalish bo‘yicha tahrir hay’atiga kiritilgan filologiya fanlari doktori ilmiy darajasiga ega filolog mutaxassis imzolagan (imzo tegishli tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak) taqriz-tavsiya ilova qilinadi.

Agar muallif oʻz maqolasini jurnalning muayyan sonida nashr ettirmoqchi boʻlsa, unda qoʻlyozma jurnal nashridan kamida uch oy oldin taqdim etilishi lozim.

Qo‘lyozmalar o‘zbek, ingliz, rus yoki boshqa turkiy tillarda IMRAD (maqolaning xalqaro talablari) talablari asosida yozilgan bo‘lishi lozim.

Maqola qaysi tilda yozilishidan qat’i nazar unga 3 til – o‘zbek, ingliz va rus tillarida 100-150 so‘zdan iborat annotatsiya va 10-15 soʻzdan kam boʻlmagan kalit soʻzlar (oʻzbek, ingliz va rus tillarida) ilova qilinadi. Annotatsiya (abstract)da maqolaning qisqacha mazmuni va dolzarbligi, tadqiqot natijalari aks etishi lozim.

Qo‘lyozma jurnal tahririyatiga “Microsoft Word” dasturida terilgan holda ikki nusxada topshiriladi. Qo‘lyozmaning bir nusxasi muallif (yoki mualliflar) tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Uning elektron shakli jurnal tahririyatiga “Microsoft Word” (MS Word (.doc)) formatida (dtrmuzjurnal@gmail.com) elektron manzili orqali yuboriladi. Iqtiboslar va izohlar uchun MS Word menejerini qoʻllash mumkin.

Barcha qoʻlyozmalar jurnal tahririyatiga muallif (yoki mualliflar) haqi­dagi qisqacha maʼlumot bilan taqdim etiladi. Muallif ma’lumotlarida, uning familiyasi, ism-sharifi, ish joyi, lavozimi, manzili (uy va xizmat telefon raqamlari, elektron manzili) ko‘rsatiladi.

Asosiy matn Times New Roman shrifti, 14 hajm, satri oralig‘i 1 interval, hoshiyalar chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm, yuqori va pastdan 2 sm boʻlishi kerak.

Maqolaning umumiy hajmi (rasm, jadval va diagrammalar bilan birgalikda) 10–12 sahifadan, qisqa xabarlarning hajmi 5-6 sahifadan oshmasligi talab etiladi.

Agar maqolaga rasm, jadval, diagramma, sxema, chizma, turli grafik belgilar kiritilgan bo‘lsa, ular aniq va ravshan tasvirlanishi, qisqartmalarning to‘liq izohi yozilishi lozim. Formulalar matnga maxsus kompyuter dasturlarida kiritilishi kerak.

Jadval nomlari uning yuqori qismida, chizma yoki rasm nomlari ularning quyi qismida yozilishi hamda ularning manbasi aniq ko‘rsatilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar soni kamida 8–10 manbadan iborat bo‘lishi shart.

O‘zbek tilidagi maqolalar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilgan bo‘lishi lozim. O‘zbek tilidagi o‘, g‘ harflar ilmiy maqola matnida gaplar tarkibida to‘liq yozilishi shart. Aks holda ilmiy maqola tahririyat tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.

Iqtibos olingan yoki foydalanilgan adabiyot satrosti izohi tarzida emas, balki maqola oxirida asosiy matn ketma-ketligi asosida umumiy ro‘yxatda ko‘rsatiladi. Matn ichidagi ko‘chirmadan so‘ng iqtibos olingan asarning ro‘yxatdagi tartib raqami va sahifasi to‘rtburchak qavs ichida beriladi. Bu o‘rinda kitob, to‘plam, monografiyalar uchun mualliflarning ism-familiyalari, manbaning to‘liq nomi, nashr ko‘rsatkichi (shahar, nashriyot va nashr yili) ko‘rsatiladi. Jurnal maqolalari va boshqa davriy nashrlar uchun mualliflarning ism-familiyalari, maqola nomi, jurnal nomi, yili va soni, sahifa raqami ko‘rsatiladi.

Jurnal filologiya yo‘nalishiga ixtisoslashgan bo‘lib, unga tilshunoslik, kompyuter lingvistikasi, korpus lingvistikasi, lingvistik ekspertiza, milliy terminologiya, o‘quv lug‘atchiligi, ona tili ta’limi, lingvoma’naviyatshunoslik sohalariga oid maqolalarni taqdim etish mumkin. Boshqa fan yo‘nalishidagi maqolalar qabul qilinmaydi.

Yuborilgan maqolalarning barchasi “Antiplagiat” tizimida tekshiriladi.

Tahririyatga taqdim qilingan maqolalar tomonidan taqrizga beriladi. Maqola taqrizdan qaytgach, agar zarur bo‘lsa, barcha savol va e’tirozlar bo‘yicha muallifga qayta ishlash uchun taqdim etiladi. Maqola nusxalari qaytarilmaydi.

Ijobiy taqriz berilgan maqola tahririyat tomonidan qabul qilingan sanaladi. Jurnal tahririyati maqola matnini qisqartirish va unga tahririy o‘zgartirishlar kiritishga haqlidir.

Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar tahririyat tomonidan qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.

  1. Maqola boʻlimlarini rasmiylashtirish

Maqola nomi – norman harflarda, toʻq boʻyoqda, 16 hajm.

Maqola nomi oʻzbek va ingliz tillarida (agar maqola boshqa tilda yozilgan boʻlsa, maqola yozilgan tili, o‘zbek va ingliz tilida) beriladi.

Maqola mavzusi informativ bo‘lib, mumkin qadar qisqa so‘zlar bilan ifodalangan bo‘lishi kеrak. Mavzuda umumiy qabul qilingan qisqartirishlardan foydalanish mumkin.

Maqola kirish, asosiy qism boʻlimlari va xulosadan tashkil topadi.

Maqola boʻlimlari sarlavhasi – toʻq boʻyoqda, 14 hajm.

Maqola jahon andozalari hamda O‘zbekistonda amal qilayotgan ilmiy tadqiqotlar andozalari talablari doirasidagi quyidagi aniq bandlarga ega bo‘lishi lozim:

Maqola mavzusi (Title)

Maqola mavzusi imkon qadar qisqa va lo‘nda ko‘rinishda shakllantirilgan bo‘lib, maqolaning tadqiqot yo‘nalishini aniq ifoda etishi lozim. U o‘zbek va ingliz tillarida (agar maqola boshqa tilda yozilgan boʻlsa, maqola yozilgan tili, o‘zbek va ingliz tilida) taqdim etilishi kerak.

Maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot (Author information)

Ushbu qismda muallifning ismi-sharifi (otasining ismi bilan), ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta manzili  va muloqot telefonlari kiritiladi. Muallif to‘g‘risidagi ma’lumotlar sahifa ostida havola orqali beriladi.

Maqola annotatsiyasi (Abstract)

Maqolalarning qisqacha annotatsiyasi 10-12 qator (100-150 so‘z)dan oshmagan holda o‘zbek, ingliz va rus tillarida beriladi. Unda tadqiqot muammosi, uning dolzarbligi, tadqiqot muammosini ochib berish uchun qo‘llanilgan metodologiya, tadqiqot natijalari, maqolaning to‘la mazmunidan kelib chiqqan holda muallifning ilmiy va amaliy hissasining qisqacha bayoni yoritiladi.

Tayanch so‘zlar (Key words)

Tayanch so‘zlar maqola mazmuni va maqsadini eng qisqa mazmunda ochib beruvchi kalit so‘zlar hisoblanadi. Scholar.google.com yoki google.com qidiruv tizimida maqola oson va eng birinchi sahifalarda topilishi uchun tayanch so‘zlarning har biri asosiy matn tarkibida o‘rtacha 6-8 marta takrorlanishi tavsiya etiladi.

Kirish (Introduction)

Kirish qismida asosan tadqiqot muammosi, uning maqsad va vazifalari yoritiladi. Mazkur qism tadqiqot mavzusining tanlanish asosi, uning dolzarbligi va ilmiy ahamiyatini tushuntirib beradi (ushbu qismda prezident asarlari va ma’ruzalariga, albatta, murojaat qilinishi lozim).

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review)

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili tadqiq etilayotgan muammo yuzasidan muallifning bilim va tasavvurlarga ega ekanini namoyon etuvchi qism hisoblanadi. Adabiyotlar tahlili mavjud intellektual hudud doirasini baholash va shu asosda ma’lum xarita yaratishni anglatadi. Adabiyotlarning tanqidiy tahlilidagi urinishlar mazkur mavzu doirasidagi bilimlarni kuchaytiradi va tadqiqot savollarini yanada oydinlashtirishga yordam beradi. O‘z mazmuniga ko‘ra har qanday tadqiqot ayni shu sohada yaratilgan avvalgi bilimlar negiziga quriladi. Adabiyotlar bo‘yicha tahlil asosan sohadagi eng yangi jurnal maqolalari va boshqa turdagi ma’lumot manbalari asosida amalga oshadi (Mavzuga oid maqolalarni kalit so‘zlar yordamida www.scholar.google.com qidiruv tizimidan topish mumkin).

Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)

Tadqiqot metodologiyasi tadqiqotning eng muhim qismlaridan biri bo‘lib, u o‘tkazilayotgan tadqiqotning umumiy xaritasi, tadqiqot yo‘li va manzilga (natijaga) olib boruvchi xaritaviy chizgilari hisoblanadi. Tadqiqot metodologiyasi tadqiqot falsafasi va yo‘nalishini (deduksion yoki induksion) belgilash, tadqiqot dizayni, ya’ni tadqiqot muammosining yechimiga olib boruvchi bosh rejasini tuzish, tadqiqot uchun zarur axborotni olish yo‘llari va tadqiqot etikasini belgilash, tadqiqot obyektining tanlovi (sampling), birlamchi yoki ikkilamchi ma’lumot manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi qarorlar, tadqiqot strategiyasini (kuzatish, eksperiment, keys-stadi, savolnoma, etnografik, arxiv tadqiqot va h.k.) aniqlash bo‘yicha ratsional qaror qabul qilish asosida qo‘yilgan muammoning aniq yechimiga olib chiquvchi yo‘lni belgilashni anglatadi. Metodologiya qismining mukammalligi tadqiqot uchun belgilangan yo‘lning ishonchliligi (reliability) va aniqliligini (validity) asoslash orqali namoyon bo‘ladi.

Tahlil va natijalar (Analysis and results)

Tadqiqotning tahlil qismi tadqiqot metodologiyasida avvaldan belgilab olingan tahlil usullari (matematik modellar va boshqalar) orqali yig‘ilgan ma’lumotlarning tahlilini amalga oshiradi. Bunda faqatgina tahlil usulining natijalari ifoda etiladi; topilgan natijalar bo‘yicha muhokama maqolaning keyingi qismining vazifasi hisoblanadi.

Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations)

Tadqiqotning maqsad, vazifalarining anglashilganligi hamda tadqiqot savollarining o‘z javobini topganligi, tadqiqotning asosiy natijalariga va tadqiqotning umumiy jarayoniga umumiy xulosalar, shu bilan birga, takliflar va ayni tadqiqotdan kelib chiqqan holda kelajak tadqiqot ishi yo‘nalishlari maqola xulosa va takliflari qismining asosini tashkil etishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References)

Ushbu qismda tadqiqotda foydalanilgan barcha adabiyotlarning ro‘yxati [1, 5], [2, 100] yoki [3, 57] ketma-ketligida qo‘yiladi:

Maqola so‘ngida foydalanilgan adabiyotlar o‘zbek-lotin alifbosi tartibida beriladi. Adabiyotlar ro‘yxati ikki qismdan iborat bo‘lishi, birinchi qismda foydalanilgan adabiyot chop etilgan grafikada yuqorida ko‘rsatilgan shaklda rasmiylashtirilishi, ikkinchi qismda esa barcha foydalanilgan adabiyotlar o‘zbek-lotin alifbosida berilishi talab qilinadi. Misol uchun:

Adabiyotlar

  1. Баранов Х. Арабско – русский словарь. – Москва: Наука, 1958.
  2. Baranov X. Arabsko-russkiy slovar. – Moskva: Nauka, 1958.

III. Maqolada tarjimalardan foydalanish

Boshqa tillardagi matn yoki boshqa manbalar tarjimoni aniq koʻrsatilishi kerak. Agar matn maqola muallifi tomonidan tarjima qilingan boʻlsa, u holda “tarjima muallifiniki”shaklida beriladi.

Rasmiy nashrdan olingan tarjima-matn tahrir qilinmaydi.

Zarur holatda tarjima matnga sana, turli diakritik belgilar va boshqa elementlar kiritilishi mumkin.

Tarjima qilingan matn olingan manba nomi asl holicha beriladi. Zarur deb topilsa, uning nomi qavs ichida berilishi mumkin.

Geografik nomlar tarjima qilinmaydi va asl shaklida beriladi.

Tashkilotlar nomi tarjima qilinmaydi va asl shaklida beriladi.

Davr nomi rasmiy qabul qilingan shaklda beriladi.

  1. Koʻchirma va tarjima partiyaning berilishi

Manbadan olingan koʻchirma barcha asosiy matndan 1 qator tashlab ajratiladi, satr oralig‘i 1 interval, markazda, 12 hajmda yoziladi.

Koʻchirmaning tarjimasi qavs ichida ( ) satrboshida yozilishi kerak. Bunday koʻchirma Times New Roman shrift, 12 hajm, normal yozuvda beriladi.

  1. Havola va izohlar berish

Manbaga havola matn ichida toʻrtburchak qavsda [ ] beriladi. Havola qilingan manbalar bir nechta boʻlsa, ular nuqtali vergul (;) bilan ajratiladi.

Izohlar tegishli sahifa pastida, tartib raqami bilan joylashtiriladi.

  1. Qoʻlyozma va toshbosma manbalar biblografiyasi

Qoʻlyozma yoki toshbosma manbalarni bibliografiyada oʻzi yozilgan grafikada berish maqsadga muvofiq. Lotin alifbosidagi transliteratsiyasini berish ham mumkin. Baʼzan qoʻlyozma asarning nomi muallif ismidan oldin yozilishi ham mumkin.

Muallif nomi. Koʻchirilgan asr (agar mavjud boʻlsa). Asar nomi. Qoʻlyozma (toshbosma): saqlanayotgan joy, inventar raqam.

Xondamir. XV asr. Makorim ul-axloq. Qoʻlyozma: OʻzFASHI, № 742.

VII.1. Kitoblar uchun

Bir yoki ikki muallif tomonidan yozilgan kitobni bibliografiyada berishda, bibliografiyada barcha mualliflarning ismlari toʻliq yoziladi. Bunday kitobga havola qilinganda ikkita har ikki muallifning familiyasi ham ko‘rsatiladi.

Matnda kitobga havola:

[Familiya kitob nashr yili, sahifa raqami]

[Qudratullayev 2018, 99]

[Familiya, Familiya nashr yili, sahifa raqami]

[Abdurahmonov, Rustamov 1984, 52]

Agar kitobning uch va undan ortiq mualliflari boʻlsa, bibliografiyada barcha mualliflarning ismlari toʻliq yoziladi. Bunday kitobga havola qilinganda birinchi muallif ismi yoziladi va “boshqalar” deb ko‘rsatiladi.

[Familiya va boshqalar kitob nashr yili, sahifa raqami]

[Vohidov va boshqalar 2010, 847]

Kitob yoki to‘plam maqolasini bibliografiyada berish tartibi:

Muallif (yoki mualliflar) familiyasi va ismi. Nashr yili. “Maqola nomi”. Kitob yoki to‘plam nomi, Ism Familiya muharrirligida, maqola sahifasi raqamlari. Shahar: Nashriyot.

Abdug’afurov Abdurashid. 2016. “Badoye’ ul-bidoya”ning tuzilish sanasi”. XX asr o‘zbek mumtoz adabiyotshunosligi, Olim To‘laboyev muharrirligida, 174-184. – Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi.

Matnda kitob yoki toʻplam maqolasiga havola:

[Familiya nashr yili, sahifa raqami]

[Abdug‘afurov 2016, 176]

Elektron shaklda nashr qilingan kitoblar uchun:

Elektron kitobning bir nechta formati bo‘lsa, bibliografiyada foydalanilgan format koʻrsatiladi. Elektron kitobning internet manzili (URL) hamda shu manba olingan sana ko‘rsatilishi lozim.

Elektron kitobni bibliografiyada berish:

Muallif (yoki mualliflar) familiyasi va ismi. Nashr yili. Kitob nomi. Shahar: Nashriyot nomi. URL. Foydalanilgan sana.

Mamatov Ulug‘bek. 2018. O‘zbekiston madaniyatida tarixiy janrdagi tasviriy sanʼat asarlari. –Toshkent: Mumtoz so‘z. https://kitobxon.com/uz/catalog /sanat/. 2019.12.03.

Matnda elektron kitobga havola:

[Familiya nashr yli, sahifa raqami

[Mamatov 2018, 11]

[Familiya, Familiya nashr yili, sahifa raqami]

[Sirojiddinov, Usmonov 2017, 19-hujjat)

VIl.2. Jurnal maqolasi uchun

Chop etilgan jurnal maqolasini bibliografiyada berish tartibi:

Muallif (yoki mualliflar) familiyasi va ismi. Nashr yili. “Maqola nomi”. Jurnal nomi, jurnal soni: maqola sahifalari.

Mahmudov Nizomiddin. 2013. “Termin, badiiy so‘z va metafora”. O‘zbek tili va adabiyoti, 4:3-8.

Matnda jurnal maqolasiga havola:

[Familiya nashr yili, sahifa raqami]

[Mahmudov 2013, 5]

Elektron jurnal uchun:

Elektron jurnal uchun jurnalning DOl manzili ko‘rsatiladi. Agar DOI manzili mavjud bo‘lmasa, internet manzili ko‘satilishi kerak (URL). DOI – bu o‘zgarmas ID bo‘lib, internet tarmoqlarining elektron manzillari tizimiga ulangan, ya’ni manbani boshqaruvchi http://dx.doi.org/ manzildir.

Elektron jurnal maqolasiní bibliografiyada berish:

Muallif (yoki mualliflar) familiyasi va ismi. Nashr yili. “Maqola nomi”. Jurnal nomi, jurnal soni: maqola sahifalari. DOI adres (yoki URL).

Aminov Hasan. 2018. “O‘zbekiston san’atida temuriylar siymosi. O‘zbekistonda xorijiy tillar, 2: 246-253. doi: 10.36078/1596780051.

Matnda maqolaga havola:

[Familiya nashr yili, sahifa raqami]

[Imomnazarov 2005, 4]

VII.3, Gazeta yoki ilmiy-ommabop jurnal uchun

Gazeta yoki ilmiy-ommabop jurnal maqolasiga havola matn shaklida beriladi (masalan, Muhammadjon Imomnazarovning 27.02.2005dagi “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida chop etilgan maqolasida aytilganidek…); odatda, bunday manbalar umu­miy adabiyotlar ro‘yxatida keltirilmaydi. Agar keltirilsa, kitob­larga qo‘yiladigan talablarga asosan beriladi.

Agar onlayn maqolaga havola berilayotgan bo‘lsa, uning internet manzili (URL), maqola olingan sana ko‘rsatilishi kerak.

Gazeta yoki ilmiy-ommabop jurnal maqolasini bibliogra­fiyada berish: Muallif (yoki mualliflar) familiyasi va ismi. Nashr yili. “Maqola nomi”. Gazeta (yoki jurnal) nomi, nashr sanasi.

Imomnazarov Muhammadjon. 2005. “Jomiy “Xamsa” yozgan­mi?”. O‘zbekiston adabiyoti va san’ati, January 25.

Matnda maqolaga havola:

[Familiya nashr yili, sahifa raqami]

[Imomnazarov 2005, 4]

Elektron gazeta yoki ilmiy-ommabop jurnal maqolasini bibliografiyada havola berish:

Muallif (yoki mualliflar) familiyasi va ismi. Nashr yili. “Maqola nomi”. Jurnal nomi, nashr sanasi. Internet adres. Jabborov, Rustam. 2019. “Navoiyning Tabrizda yashagan xorazmlik kotibi”. UZA: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, 08.12. https://uza.uz/uz.

 

 

Matnda maqolaga havola:

[Familiya nashr yili, sahifa raqami]

[Jabborov 2010, 17]

Maqolani rasmiylashtirish talablarining to‘liq tartibini hamda jurnalning nashr etilgan sonlari elektron shaklini www.dtrmuzjurnal.uz saytidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefon: 

+998933344491 Shahboz Zarmasov

dtrmjurnal@gmail.com

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan