Sakarya amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlik
Sakarya amaliy fanlar universiteti rektori Mehmet Saribiyik, Sakarya universiteti Texnologiya fakulteti professori Sinan Serdar O‘zkan, Til ta’limi ilmiy – amaliy markazi mudiri Serhat Kujuklar Markazga tashrif buyurishdi.
Markaz direktori I.Azimov mehmonlarga Markaz faoliyati, davlat tilining nufuzi va mavqeyini oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida, Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi direktori A.Eminov jamgʻarma faoliyati haqida ma’lumot berdi. Oʻz navbatida, rektor Mehmet Saribiyik Sakariya universiteti tarixi, istiqboldagi rejalari xususida soʻzlab berdi. Muloqotlar davomida oʻzaro hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, Sakariya universitetida oʻzbek tilini oʻrgatish kurslarini, Markazda turk tilini oʻrgatish kurslarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot soʻngida oʻzaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.