Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Assalomu alaykum!
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi jamoasi Sizlarni va Siz rahbarlik qilayotgan jamoa a’zolarini mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi tantanasi bilan samimiy muborakbod etadi.
Eng ulug‘, eng aziz bayram munosabati bilan Sizlarga mustahkam sog‘lik, tinchlik-osoyishtalik, oilaviy xotirjamlik, istiqlolimizni mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Mustaqil O‘zbekistonimizning tinchligi, gullab yashnashi va ravnaq topishidagi fidokorona mehnatingiz hamda soha rivojiga qo‘shayotgan faoliyatingizga hamisha omad yor bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Markaz jamoasi
Markaz jamoasi