DAVLAT TILI BO‘YICHA MASLAHATCHILAR RESPUBLIKA SEMINARI

VAZIRLIKLAR VA IDORALAR RAHBARLARI, QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGASHI RAISI, VILOYATLAR VA TOSHKENT SHAHAR, TUMAN (SHAHAR) HOKIMLARINING DAVLAT TILI BO‘YICHA MASLAHATCHILARI RESPUBLIKA SEMINARI BO‘LIB O‘TDI.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan bu yil ilk marotaba tashkil etilayotgan “Vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining davlat tili bo‘yicha maslahatchilari respublika seminari” davlat tili bo‘yicha maslahatchilarning malakasini oshirish hamda faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishga qaratilganligi bilan ahamiyatli.

Seminar 13-14-oktabr kunlari O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida bo‘lib o‘tadi. Vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining davlat tili bo‘yicha maslahatchilari jamlangan ushbu seminarda o‘zbek tilining nufuzini oshirishga xizmat qiluvchi eng muhim masalalar muhoka qilindi.
Seminar 13-oktabr kuni erta tongdan Adiblar xiyobonida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bilan boshlanadi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, “Alisher Navoiy” romani muallifi Isajon Sulton hamda filologiya fanlari doktori, professor, navoiyshunos olim Shuhrat Sirojiddinov bilan “Adabiyot – xalqaning yuragi” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Seminarning rasmiy ochilishi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Nodirjon Xolbo‘tayev nutqi bilan boshlandi.

So‘ngra tilshunos olim, professor Nizomiddin Mahmudov, Shuhrat Ko‘chimov va O‘rinboy Boboyorovlarning o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va bu borada maslahatchilar oldida turgan dolzarb vazifalar, o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari: lotin yozuvidagi o‘ziga xosliklar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish masalalari haqida ma’ruzalari tinglanib, savol-javob va muhokamalar bilan davom etdi.

Seminar davomida reklama va atamalar, geografik obyektlarni nomlash masalalari bo‘yicha dolzarb fikrlar bildirildi. Ushbu masalalarning yechimlari bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Shuningdek, “Yuridik atamalarning elektron lug‘ati hamda O‘zbek ismlarining izohli lug‘ati va mobil ilovasi”, “milliynom.uz elektron platformasi”ning taqdimoti o‘tkazildi.
Seminarning ikkinchi kunida hamda ““Raqamli Toshkent” geoaxborot tizimi”ning taqdimoti hamda “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ushbu seminar ilk marotaba tashkil etilayotganligi hamda unda tilshunoslikning eng muhim masalalari qamrab olinganligi ona tilimizning nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili, erishilgan natijalar muhokamasi va galdagi vazifalarni belgilab olishga qaratilganligi hamda davlat tili bo‘yicha maslahatchilar bilan birgalikda taniqli tilshunos olimlarning bir nuqtaga jamlanganligi bilan o‘zgacha ahamiyat kasb etadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan