“Qadring baland boʻlsin, ona tilim” tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi o’tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish
departamenti tomonidan tashkil etilgan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim”
tanlovini o‘tkazish an’anaga aylangan.
2022-yildan boshlangan tanlov 2 yo‘nalishda tashkil etib kelinmoqda. Bu yilgi
tanlov avvalgisidan o‘zining tarovati bilan ajratib turibdi.
Bugungi taqdirlash
marosimining ko‘tarinki ruhda boshlanganligi buni isbotlaydi.
An’anaga aylangan respublika tanlovi bu yil ham 2 yo‘nalishda o‘tkazildi.
Birinchi yo‘nalish: Davlat tili ustuvorligi ta’minlangan eng namunali hudud.
Ikkinchi yo‘nalish: Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim.
Ushbu respublika tanlovining ahamiyati o‘zbek tilining nufuzi va mavqeyini
oshirishda o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan hokimliklar hamda tizim
tashkilotlarini rag‘batlantirishdan iborat.
Buni bugungi marosim davomida yo‘nalishlarning asosiy g‘oliblardan tashqari
qo‘shimcha ravishda rag‘batlantiruvchi boshqa o‘rinlar g‘oliblarining pul mukofotlari va
sovg‘alar bilan taqdirlanayotgandi.
Marosim davomida elimiz suygan san’atkorlarning chiqishlari barchaga yuqori kayfiyat bag’ishladi.