MARKAZDA QO‘SHALOQ BAYRAM


20-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi binosining ochilish marosimi hamda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan “Davlat tili taraqqiyoti: muammo va yechimlar” mavzusidagi
respublikasi uchinchi ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son, 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son farmonlariga asosan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 117-son qarori bilan tashkil etilgan.
Bugungi kunda Markaz Toshkent shahrida hamda respublikaning 13 ta hududida o‘z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

Markaz aholi savodxonligini oshirish maqsadida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining tashabbusi bilan “Tilbilig.uz elektron platformasi”, tahrirlovchi.uz platformalari ham yaratilgan.  Anjumanda savdo ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlariga nom berishni takomillashtirish maqsadida yaratilgan milliynom.uz elektron platformasining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Aytish kerakki, ushbu platforma 40mingga yaqin milliy nomlar zaxirasiga ega.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan