Latviyaning dasturchi kompaniyalari bilan uchrashuv

Latviyaning O’zbekistondagi elchixonasi boshchiligidagi  delegatsiya Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markaziga tashrif buyurib Markaz va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi rahbarlari bilan uchrashdilar. Delegatsiya tarkibida dunyoga mashhur  tilga doir dasturlar yaratuvchi “Tilde” kompaniyasi vakillari ham bor. Jumladan, Tilde kompaniyasi boshqaruvi raisi  Arturs Vasilevskis va biznesni rivojlantirish boʻlimi rahbari Kaspars Kaulins Markazda bo‘lib, mas’ullar bilan muzokaralar olib bordilar. Mehmonlar bilan Vazirlar mahkamasi huzuridagi o’zbek tilini rivojlantirish jamg’armasi direktori A. Eminov,  Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I. Azimov, ToshDO’TAU xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori N.Normurodova, O’ZMU professori N. Abdurahmonova ToshDO’TAU Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri B.Elov suhbatlashdilar.

Kompaniya vakillari o‘zlarining taqdimotlarida kompaniyaning Latviya va jahon miqyosida amalga oshirgan loyihalari, ular yaratgan tilga oid dasturlar va boshqalar xususida so‘z yuritdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan