NOTIQLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI
Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash «Ulug‘bek» jamg‘armasi va «Notiqlik san’ati akademiyasi» ta’lim markazi hamkorligida turli vazirlik va idoralar, madaniyat va ma’naviyat tizimlarida, jurnalistika sohasida samarali mehnat qilayotgan va nutqiy faoliyati bilan ibrat-namuna bo‘layotgan bir guruh kasb egalarini turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlash tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirga Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I. Azimov, Vazirlar mahkamasi huzuridagi o’zbek tilini rivojlantirish jamg’armasi direktori A. Eminovlar ham taklif etilgan bo‘lib, nominatsiya egalari ularning qo‘llaridan sovrinlarni qabul qilib olishdi.
Tadbir davomida O’zbek tilini rivojlantirish jamg’armasi hisobidan nashr etilgan kitoblar to‘plami «Notiqlik san’ati akademiyasi» ta’lim markaziga sovg‘a qilindi.