O‘ZBEK ADABIY TILINING YOZMA NUTQ ME’YORLARI KURSI


O‘quv dasturi hajmi – 144 soat
Auditoriya soatlari – 60 soat
Ish daftari bilan ishlash – 84 soat
Haftalik soatlar – 15 soat
Kunlik soat hajmi – 3 soat (bir akademik soat 40 daqiqa)
Ta’lim shakli – an’anaviy, masofali: ishdan ajralgan yoki ajralmagan holda.
Kurs bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar:
Tinglovchi:
- o‘zbek-lotin alifbosini bilishi;
- o‘zbek adabiy tili me’yorlari, o‘zbek-lotin alifbosining imlo qoidalari, tinish belgilarini o‘zlashtirishi;
- nutq uslublarini farqlay olishi;
- matn yaratish texnikasini egallashi hamda og‘zaki nutqqa baho bera olishi;
- nutq madaniyatiga rioya qilgan holda fikrni yozma hamda og‘zaki shaklda ifodalay olishi;
- hujjat tili va uslubi, hujjat turlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- o‘zbek tilida kundalik hayotda ko‘p qo‘llanadigan rasmiy hujjatlarni to‘g‘ri yoza olishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
fikrni og‘zaki hamda yozma shaklda to‘g‘ri ifodalay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur.
Mashg‘ulot mavzusi | Ajratilgan soat |
O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining joriy etilishi. Lotin alifbosi bilan tanishish | 2 |
Unli (a, i, u, o) va undosh (b, d, f, g, h, j, k, l) harflar | 2 |
Unli (o‘, e) va undosh (m, n, p, q, r, s, t, v) harflar | 2 |
Undosh (x, y, z, g‘, sh, ch, ng) harflar | 2 |
Tutuq belgisining ishlatilishi. Yonma-yon kelgan undoshlar imlosi | 2 |
Rus-kirill alifbosidagi Е, Ё Ю, Я, Ц harflarining o‘zbek-lotin alifbosida yozilishi | 2 |
O‘zbek-lotin alifbosidagi matnlarni o‘qish va yozish mashqi | 2 |
Jami | 14 |
Mashg‘ulot mavzusi | Ajratilgan soat |
Og‘zaki adabiy nutq | 2 |
Talaffuz mashqlari | 2 |
Nutqiy vaziyatlarni og‘zaki ifodalash | 2 |
Og‘zaki nutqni baholash | 2 |
O‘zbek-lotin alifbosining imlo qoidalari. Harflar imlosi | 2 |
Asos va qo‘shimchalar imlosi | 2 |
Qo‘shib va ajratib yozish | 2 |
Bosh harflar imlosi. Ko‘chirish qoidalari | 2 |
Tinish belgilari imlosi | 4 |
So‘z ma’nolari bilan ishlash | 2 |
So‘z tanlash va qo‘llash | 4 |
Nutq uslublari | 2 |
Matn yaratish texnikasi | 2 |
Matn ustida ishlash | 4 |
Jami | 36 soat |
Mashg‘ulot mavzusi | Ajratilgan soat |
Ma’lumot-axborot hujjatlari (ariza, tushuntirish xati, bildirishnoma) | 2 |
Ma’lumot-axborot hujjatlari (bayonnoma va undan ko‘chirma, dalolatnoma, ma’lumotnoma) | 2 |
Ma’lumot-axborot hujjatlari (tavsifnoma, tavsiyanoma, tarjimayi hol) | 2 |
Ma’lumot-axborot hujjatlari (tilxat, e’lon, hisobot) | 2 |
Hujjatlar ustida ishlash | 2 |
Jami | 10 soat |
Ish daftari bilan ishlash
Tinglovchilar bosma hamda elektron shakldagi ish daftarlari bilan ta’minlanadi. Modulning mazmuniga mos mashq va topshiriqlardan iborat mashq daftari orqali amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarishadi.
Tinglovchilarni yakuniy baholash
Yakuniy baholash test, og‘zaki hamda yozma (esse, sohaga oid hujjat yozish) shaklida o‘tkaziladi. Yakuniy sinovlar uchun 4 soat ajratiladi.
Maksimal ball – 100
Saralash bali – 55
Darslar an’anaviy hamda masofali shaklda amalga oshirilganligi sababli baholashda quyidagi tartibga amal qilinadi.
An’anaviy ta’lim uchun ballar taqsimoti:
Baholash shakli | Eng yuqori ball |
Esse | 40 |
Sohaga oid hujjat yozish | 20 |
Ogʻzaki | 10 |
Test | 30 |
Jami | 100 ball |
Masofali ta’lim uchun ballar taqsimoti:
Baholash shakli | Eng yuqori ball |
Esse | 20 |
Sohaga oid hujjat yozish | 20 |
Ogʻzaki | 10 |
Test | 30 |
Tizimdagi faollik | 20 |
Jami | 100 ball |