ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI HUZURIDAGI DAVLAT TILIDA ISH YURITISH ASOSLARINI O‘QITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI ANDIJON VILOYATI HUDUDIY BOʻLINMASI

Vazilar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 117-sonli qarori bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzurida “Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi” tashkil etildi. Markazning Andijon viloyati boʻyicha hududiy boʻlinmasi 2020-yilning 20-avgustidan Andijon davlat universitetining maktabgacha ta’lim fakulteti binosida oʻz faoliyatini boshladi.
Markazda davlat xizmatchilariga oʻzbek adabiy tili me’yorlarini, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi va imlosini, davlat tilida ish yuritish asoslarini, rasmiy hujjatlar va ularni yozish boʻyicha nazariy hamda amaliy bilimlarini, koʻnikma va mahoratlarini oshirish boʻyicha xizmat koʻrsatiladi.
Markazga davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish bilan bir qatorda, chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar ham oʻtkaziladi.
Markaz manzili: Andijon shahri Choʻlpon shoh koʻchasi 5-uy