O‘ZBEK ADABIY TILI ME’YORLARI VA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH KURSI

O‘quv dasturi hajmi – 144 soat

Auditoriya soatlari – 60 soat

Ish daftari bilan ishlash – 84 soat

Haftalik soatlar – 15 soat

Kunlik soat hajmi – 3 soat (bir akademik soat 40 daqiqa)

Ta’lim shakli – an’anaviy, masofali: ishdan ajralgan yoki ajralmagan holda

Kurs bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar:
Tinglovchi:

  • o‘zbek-lotin alifbosini bilishi;
  • o‘zbek adabiy tili me’yorlari, o‘zbek-lotin alifbosining imlo qoidalari, tinish belgilarini o‘zlashtirishi;
  • nutq uslublarini farqlay olishi;
  • matn yaratish texnikasini egallashi hamda og‘zaki nutqqa baho bera olishi;
  • nutq madaniyatiga rioya qilgan holda fikrni yozma hamda og‘zaki shaklda ifodalay olishi;
  • hujjat tili va uslubi, hujjat turlari: tashkiliy, farmoyish, ma’lumot-axborot hujjatlari, xizmat yozishmalari hamda diplomatik yozishmalar haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
  • o‘zbek tilida kundalik hayotda ko‘p qo‘llanadigan rasmiy hujjatlarni to‘g‘ri yoza olishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
  • fikrni og‘zaki hamda yozma shaklda to‘g‘ri ifodalay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur.

 

Mavzular nomi

Ajratilgan soat

O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining joriy etilishi. Lotin alifbosi bilan tanishish

2

Unli (a, i, u, o, o‘, e) va undosh (b, d, f, g, h, j, k, l, m, n, p, q, r, s, t, v) harflar

2

Undosh (x, y, z, g‘, sh, ch, ng) harflar. Tutuq belgisining ishlatilishi. Yonma-yon kelgan undoshlar imlosi

2

Kirill alifbosidagi Е, Ё Ю, Я, Ц  harflarining o‘zbek-lotin alifbosida yozilishi

2

O‘zbek-lotin alifbosidagi matnlarni o‘qish va yozish mashqi

2

Jami

10

 

Mavzular nomi

Ajratilgan soat

Og‘zaki adabiy nutq. Talaffuz mashqlari

2

Nutqiy vaziyatlarni og‘zaki ifodalash

2

Hisobot chizmalarini og‘zaki ifodalash Og‘zaki nutqni baholash

2

O‘zbek-lotin alifbosining imlo qoidalari. Harflar imlosi

2

Asos va qo‘shimchalar imlosi. Qo‘shib va ajratib yozish

2

Bosh harflar imlosi. Ko‘chirish qoidalari

2

Tinish belgilari imlosi

2

So‘z ma’nolari bilan ishlash. So‘z tanlash va qo‘llash

2

Nutq uslublari. Matn ustida ishlash

2

Jami

18

 

Mavzular nomi

Ajratilgan soat

Ish yuritish tili va uslubi

2

Tashkiliy hujjatlar: guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom-ustav 

2

Shartnomaning o‘ziga xos xususiyatlari 

2

Farmoyish hujjatlari: buyruq, buyruqdan ko‘chirma 

2

Farmoyish hujjatlari: ko‘rsatma, farmoyish 

2

Ma’lumot-axborot hujjatlari: ariza, tushuntirish xati, bildirishnoma

2

Ma’lumot-axborot hujjatlari: bayonnoma va undan ko‘chirma, dalolatnoma, ma’lumotnoma

2

Ma’lumot-axborot hujjatlari: tavsifnoma, tavsiyanoma, tarjimayi hol

2

Ma’lumot-axborot hujjatlari: tilxat, e’lon, hisobot

2

Xizmat yozishmalari: xat va uning turlari (axborot xat, da’vo xati, ilova va iltimos xati)

2

Xizmat yozishmalari: kafolat xati, so‘rov xati, tasdiq xat va farmoyish xat

2

Davlat tilida diplomatik yozishmalarni amalga oshirish

2

Davlat tilida tijorat yozishmalarini amalga oshirish

2

Ixtisoslikka oid hujjat matnlari bilan ishlash

2

Jami

28

Ish daftari bilan ishlash

Tinglovchilar bosma hamda elektron shakldagi ish daftarlari bilan ta’minlanadi. Modulning mazmuniga mos mashq va topshiriqlardan iborat mashq daftari orqali amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarishadi.

Tinglovchilarni yakuniy baholash

Yakuniy baholash test, og‘zaki hamda yozma (esse, sohaga oid hujjat yozish) shaklida o‘tkaziladi. Yakuniy sinovlar uchun 4 soat ajratiladi.

Maksimal ball – 100
Saralash bali – 55

Darslar an’anaviy hamda masofali shaklda amalga oshirilganligi sababli baholashda quyidagi tartibga amal qilinadi.

An’anaviy ta’lim uchun ballar taqsimoti:

Baholash shakliEng yuqori ball
Esse40
Sohaga oid hujjat yozish20
Ogʻzaki10
Test30
Jami 100 ball

Masofali ta’lim uchun ballar taqsimoti:

Baholash shakliEng yuqori ball
Esse20
Ogʻzaki10
Test 30
Tizimdagi faollik 40
Jami100 ball