Skip to content
[email protected] +99 8 91 142 11 31, +99 8 95 500 77 17, +99 8 71 281 45 67 09:00 - 17:00
Davlat tili ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirih markazi

Davlat tili ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirih markazi

  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
    • Rahbariyat
    • Buxgalteriya
  • Hududiy boʻlinmalar
    • MARKAZ (Toshkent shahri)
    • Qoraqalpogʻiston Respublikasi
    • Andijon viloyati
    • Buxoro viloyati
    • Fargʻona viloyati
    • Jizzax viloyati
    • Toshkent viloyati
    • Namangan viloyati
    • Navoiy viloyati
    • Qashqadaryo viloyati
    • Samarqand viloyati
    • Sirdaryo viloyati
    • Surxondaryo viloyati
    • Xorazm viloyati
  • Oʻquv kurslari
    • Davlat tashkiloti xodimlari uchun
    • Aholi uchun
    • Suxandon-boshlovchilar uchun
    • Oʻzbek tilini oʻrganuvchilar uchun
    • Fuqarolik olish imtihonlari
  • Yangiliklar
  • Media
  • Biz bilan bogʻlanish
Loading Events

« All Events

  • This event has passed.

MA’NAVIYAT VA DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI DEPARTAMENTI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI HUZURIDAGI DAVLAT TILIDA ISH YURITISH ASOSLARINI O‘QITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI AXBOROT XATI

2021.16.09 @ 08:00 - 17:00

  • « CSS Conference Amsterdam

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi  “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850, 2020-yil
20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligiga 32 yil to‘lishi munosabati bilan Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamkorlikda 2021-yil 16-oktabrda “Davlat tili taraqqiyoti: muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etayotganligini ma’lum qiladi.

Аnjuman quyidagi sho‘balar bo‘yicha ish olib boradi:

O‘zbek-lotin alifbosi va imlosi muammolari;

Davlat tilida ish yuritish masalalari;

Neyming tilshunosligi va tashqi yozuvlarni tartibga solish masalalari;

Soha lug‘atlarini tuzish va terminologiya masalalari;

Ta’lim bosqichlarida davlat tilining o‘qitilishi.

 

Anjumanda tilshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar, maktab o‘qituvchilari, doktorantlar, tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar, shuningdek, davlat tili masalalariga qiziquvchi boshqa soha vakillari ishtirok etishi mumkin.

Anjumanda ishtirok etishni xohlovchilar diqqatiga:

Аnjumanda ishtirok etuvchilar maqola matnini anjuman sho‘basi ko‘rsatilgan holda [email protected], [email protected], [email protected] elektron manziliga 2021-yilning 5-oktabriga qadar jo‘natishlari tavsiya etiladi. Anjuman materiallari Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti huzuridagi O`zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi homiyligida nashr qilinadi.

Ilmiy maqolalarni tayyorlashda quyidagilarga amal qilishingiz so‘raladi:

  • maqola nomi bosh harflar bilan 12 so‘zdan ortmagan holda uch (o‘zbek, rus va ingliz) tilda beriladi;
  • maqolada muallif to‘g‘risidagi maʼlumotlar (F.I.Sh., ilmiy daraja, unvon, ish joyi) va elektron manzil ko‘rsatilishi lozim;
  • annotatsiyadan so‘ng kamida 5–7 ta kalit so‘z uch (o‘zbek, ingliz) tilda keltirilishi shart;
  • maqola matni kalit so‘zlardan keyin ikki interval pastdan berilishi kerak;
  • maqola hajmi – 5–7 bet oralig‘ida bo‘lishi tavsiya etiladi;
  • maqola Microsoft Word formatda; Times New Roman 14 kegel shriftda, qator orasi
    1,5 intervalda tayyorlanadi;
  • matn o‘ng tomondan – 30 mm, chap tomondan – 15 mm, yuqori va pastdan – 20 mm hoshiya qoldirilib yoziladi;
  • matnda havolalar to‘rtburchak qavs ichida, manbaning adabiyotlar ro‘yxatidagi raqami va sahifasi ko‘rsatilgan tartibda beriladi [1, 56];
  • foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati matnning so‘ngida beriladi;
  • tashkiliy qo‘mita maqolalarni saralash va tahrirlash huquqiga ega;
  • maqolada keltirilgan faktlar va mulohazalar uchun shaxsan muallif javobgar.

 

Muallif haqida ma’lumotlar: Maqola nomidan 1 interval pastda, o‘ng tomonda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi qoraytirilgan harflar bilan, keyingi qatorlarda muallifning ilmiy darajasi, unvoni, tashkilot nomi va elektron manzili qiya harflar (kursiv)da ko‘rsatilishi lozim.

Havola va foydalanilgan adabiyotlarning berilish tartibi: Manba havolasi to‘rtburchak qavs ichida, manba muallifi familiyasi, nashr yili va sahifasi ko‘rsatilgan tartibda beriladi.

Namuna: [Nurmonov, 2012: 56].

  • foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati yuqorida qayd etilgan tartibda matnning so‘ngida beriladi.

 

NAMUNA

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH: MUAMMO VA YECHIMLAR

Abdullayev Javohir Usmon o‘g‘li

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent,

Alisher Navoiy nomidagi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti,

[email protected]

 

AnnotatsiyaAnnotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya, annotatsiya. Kalit so‘zlar: (5-7 ta so‘z)AnnotationAnnotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation, annotation.Key words: Key words, key words, key words, key words, key words, key words, key words. Asosiy matn. (7-10 bet) Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. [Akramov, 1997: 3]. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn. [Kormushin, 1997: 200].  Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Nurmonov Tanlangan asarlar. – T.: Akademnashr, 2012. – B.350.
  2. Ne’matov H. O‘zbek tilining tarixiy fonetikasi. – T.: O‘qituvchi, 1992. – B.52.
  3. Radloff Die alttürkischen Inschriften der Mongolei. Neue Folge. St.-Pbg.: 1894. – P. 460.

 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun tаshkiliy qo‘mitаga murojааt qilish mumkin: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi. Tel: 90-606-09-63 (Murodqosim Abdiyev); 91-419-60-89 (Bibish Jo‘rayeva); 91-394-04-42 (Farhod Bobojonov); 97-490-06-76 (Marhabo Umirzoqova).

+ Google Calendar+ iCal Export

Details

Date:
2021.16.09
Time:
08:00 - 17:00
  • « CSS Conference Amsterdam
Copyright © 2021 WordPress Theme : The 100 by 8Degree Themes