ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI HUZURIDAGI DAVLAT TILIDA ISH YURITISH ASOSLARINI O‘QITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI FARGʻONA VILOYATI HUDUDIY BOʻLINMASI
Quldashev Nizomidin Axmadaliyevich
hududiy bo‘linma rahbari, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent
E-pochta: kuldashevnizomidin@mail.ru
Tel.: 73 244-53-42

Markazning Farg‘ona hududiy bo‘linmasi 2020-yil avgust oyida tashkil etilib, shu yil sentabr oyidan faoliyat yurita boshlagan. U Farg‘ona davlat universiteti filologiya fakulteti binosida joylashgan. Bo‘linmaga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent N.Quldashev rahbarlik qiladi. Ushbu bo‘linmada fan doktorlari S.Mo‘minov, M.Xakimov, fan nomzodlari M.Abdupattoyev, Z.Rahimov, M.Zokirov, Z.Rahimov, E.Ibragimova, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari S.Qurbonova, S.Gafurova, M.G‘oziyevalar tinglovchilarga tahsil berib kelmoqda. Bo‘linmada professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati 90%ni tashkil etadi. O‘tgan oylar davomida viloyat va tuman hokimi o‘rinbosarlari, bojxona xodimlari, moliya va aeroport xodimlari, tibbiyot birlashmalari xodimlari, “Farg‘onaazot”, Kvars ishlab chiqarish korxonasi xodimlari va boshqa qator tashkilot va korxona xodimlari davlat tilida ish yuritish bo‘yicha o‘qib, tegishli sertifikarlarni qo‘lga kiritdilar.