“O‘ZBEK  TILI” KURSI

O‘quv dasturi hajmi – 144 soat
Auditoriya soatlari – 72 soat
Haftalik soatlar – 6 soat
Kunlik soat hajmi – 2 soat (bir akademik soat 40 daqiqa)
Ta’lim shakli – an’anaviy yoki masofaviy

O‘quv kursining maqsad va vazifalari:

“O‘zbek  tili” kursini o‘qitishdan maqsad – o’zbek tilini xorijiy til sifatida yoki ikkinchi til sifatida o’rganmoqchi bo’lgan chet elliklar, vatandoshlarda  o‘zbek tilini amaliy jihatdan o‘rganuvchilarda O‘zbek tilining boshlang‘ich darajasiga, o‘zbek madaniyati va ish yuritishga  oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.

Ushbu maqsadga erishish uchun o‘quv dasturi quyidagi vazifalarni bajarishga xizmat qiladi:

– lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini o‘rganish;

– A1 darajaga mos leksik minumumni o‘rgatish;

 – nutqiy vaziyatlarni og‘zaki ifodalash, nutqning uslubiy shakllari, matn  yaratish texnikasi va matn ustida ishlashga oid ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish;

– tinglovchilarda fikrni yozma hamda og‘zaki ifodalash ko‘nikmasini shakllantirish;

– O‘zi va do‘sti oila a’zolari haqida qisqa ma’lumot bera olish;

– Ko‘chada transportda jamoat joylarida oddiy vaziyatlarda muloqotga kira olish.

 

Kurs bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar:

Tinglovchi:

  • o‘zbek-lotin alifbosini bilishi;
  • sanay olish;
  • kochada , bozor jamoat joylari va transportda oddiy vaziyatlarda muloqotga kiraolish;
  • yoqtirgan narsalarini tasvirlay olish haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
  • o‘zbek tilida kundalik hayotda ko‘p qo‘llanadigan vaziyatlarda muloqotga kira olishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
  • fikrni og‘zaki hamda yozma shaklda to‘g‘ri ifodalay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur

O‘zbek tili” kursining mashg‘ulotlar taqsimoti:

 

Mashg‘ulot mavzusiAjratilgan soat
Assalomu alaykum.4
Bu … shu… u2

Kim? Nima? qayer? 
Bor.. yo‘q?

2
Takrorlash nazorat darsi2
Sanaymiz?4
Soat necha bo‘ldi?4
Bizning oilamiz4
Takrorlash. Nazorat darsi.2
Kun tartibi4
Mehmonga keling(Xush kelibsiz)4
Takrorlash nazorat darsi2
Yoqimli ishtaha!4
Ko‘rinishingiz yaxshi4
Ob havo2
Takrorlash. Nazorat darsi2
Oq yo‘l4
Sport4
Xarid4
Bayramingiz muborak bo‘lsin!2
Hujjatlar ustida ishlash4
Umumiy takrorlash.2
Umumiy nazorat2
Xayrlashuv Yakuniy dars2
Jami:72  soat

Yakuniy baholash test, og‘zaki, yozma shaklida o‘tkaziladi.

Maksimal ball: 100

Ballar quyidagi darajalarini aks ettiradi:

Tilni egallaganlik malakasi III darajada deb quyidagi hollarda baholanadi:

Yakuniy baholash test, og‘zaki, yozma shaklida o‘tkaziladi.

Maksimal ball: 30

Ballar quyidagi darajalarini aks ettiradi:

Daraja

O’qib tushunish

Tinglab tushunish

yozish

gapirish

A1

11-13

11-13

11-13

11-13

A2

14-16

14-16

14-16

14-16

B1

17-20

17-20

17-20

17-20

B2

21-24

21-24

21-24

21-24

C1

25-27

25-27

25-27

25-27

C2

28-30

28-30

28-30

28-30



Tilni egallaganlik malakasi III darajada deb quyidagi hollarda baholanadi:

17-20 ball: Boshlang‘ich darajada oid lekisik bazasi boy, og‘zaki va yozma nutqida ayrim uslubiy xatolar uchraydi. Xatolar, odatda, kam qo‘llanadigan til birliklarida kuzatiladi. O‘z fikrini yozma va og‘zaki shaklda mantiqan izchil ifodalaydi va asoslab bera oladi. Turli odatiy vaziyatlarda muloqotga kirishadi va soda birliklarda foydalanib fikrini bayon eta oladi. Ish hujjatlarini qisman farqlaydi, lekin to‘g‘ri yoza oladi.

Tilni egallaganlik malakasi II darajada deb quyidagi hollarda baholanadi:

14-16 ball: boshlang‘ich darajaga mos leksik boyliklarda ega, lekin yozuvda ayrim xatoliklarga yo‘l qo‘yadi, o‘z fikrini ifodalay oladi, biroq nutqida ayrim uslubiy va grammatik xatolar uchraydi. Murakkab ifodalar ishtirok etgan matnlarni tushuna oladi, gap bo‘laklarining vazifasini to‘g‘ri anglaydi. qo‘yadi.

Til malakasi I darajada deb quyidagi hollarda baholanadi:

11-13 ball: o‘zbek tilida boshlang‘ich daraja uchun minimum so‘zlarni biladi. Qisqa gaplar tuza oladi va o‘zi yoqtirgan narsalari haqida ma’lumot bera oladi. O‘zbek tilida o‘qiy oladi.

Eslatma: Ayrim tinglovchilarning tilni egallaganlik darajasi juda yuqori, 30 ball etib baholanishi mumkin. Mazkur darajani egallagan tinglovchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sertifikat beriladi.