O‘ZBEK ADABIY TILI ME’YORLARI VA NUTQ MADANIYATI KURSI

O‘quv dasturi hajmi – 144 soat
Auditoriya soatlari – 72 soat
Mustaqil ta’lim – 72 soat
Ta’lim shakli – an’anaviy: ishlab chiqarishdan ajralgan holda

Kurs bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar:
Tinglovchi:

  • o‘zbek-lotin alifbosini bilishi;
  • o‘zbek adabiy tili me’yorlari, o‘zbek-lotin alifbosining imlo qoidalari, tinish belgilarini o‘zlashtirishi;
  • nutq uslublarini farqlay olishi;
  • matn yaratish texnikasini egallashi hamda og‘zaki nutqqa baho bera olishi;
  • nutq madaniyatiga rioya qilgan holda fikrni yozma hamda og‘zaki shaklda ifodalay olishi;
  • hujjat tili va uslubi, hujjat turlari haqida bilimga ega bo‘lishi;
  • o‘zbek tilida kundalik hayotda ko‘p qo‘llanadigan rasmiy hujjatlarni to‘g‘ri yoza olishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
  • fikrni og‘zaki hamda yozma shaklda to‘g‘ri ifodalay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur;
  • muloqot psixologiyasi modulidagi amaliy mashg‘ulotlarni o‘zlashtirish mobaynida shaxslararo musosabatlarda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan turli xil ziddiyatlarni oldini olish ko‘nikmalari;
  • muloqotchanlik ko‘nikmalari rivojlanib, hamkorlikda ishlash texnologiyalari, suhbatdoshlarni o‘zaro bir-birlarini idrok qilish mexanizmlari to‘g‘risida muayyan bilimlarga ega bo‘ladilar;
  • o‘qigan, ko‘rgan, eshitgan, bilgan va guvoh bo‘lgan narsa-hodisa haqida o‘z fikrini erkin, og‘zaki va yozma tarzda yetkaza olishga tayyorlash;
  • Nutqiy va xulqiy madaniyatga ega bo‘lish, ayniqsa, mikrofon, minbar va videokamera bilan ishlash;
  • nutq madaniyati haqida tushunchaga ega bo‘lish;
  • notiq uchun zarur bo‘lgan shaxsiy xususiyat va qobiliyatlar haqida tushuncha olish;
  • notiqlikda qo‘llaniladigan nutq texnikasi, nutq usullari malakalariga ega bo‘lish.
Amaliy mashg‘ulot mavzulari
 Mavzular nomi Ajratilgan soat
O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining joriy etilishi. Lotin alifbosi bilan tanishish 2
Unli va undosh harflar 4
Tutuq belgisining ishlatilishi 2
Kirill alifbosidagi Е, Ё Ю, Я, Ц  harflarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishi 2
Jami 10
Mustaqil ta’lim mavzulari
 Mavzular nomi Ajratilgan soat
Yonma-yon kelgan undoshlar va unlilar imlosi 4
Lotin alifbosidagi matnlarni o‘qish va yozish mashqi 6
Jami 10
Amaliy mashg‘ulot mavzulari
Mavzular nomi Ajratilgan soat
Nutqiy vaziyatlar, hisobot chizmalarini og‘zaki ifodalash 2
O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari. Harflar imlosi 2
Asos va qo‘shimchalar imlosi. Qo‘shib yozish 2
Chiziqcha bilan yozish 2
Ajratib yozish 2
Bosh harflar imlosi. Ko‘chirish qoidalari 2
Jami 12
Mustaqil ta’lim mavzulari
Mavzular nomi Ajratilgan soat
Og‘zaki adabiy nutq. Talaffuz mashqlari 2
So‘z ma’nolari bilan ishlash. 2
So‘z tanlash va qo‘llash 2
Nutq uslublari. Matn ustida ishlash 4
Tinish belgilari imlosi 2
Jami 12
Amaliy mashg‘ulot mavzulari
Mavzular nomi Ajratilgan soat
Notiqlik san’atining turlari va ahamiyati. Nutq madaniyati haqida tushuncha 2
Notiq uchun zarur bo‘lgan shaxsiy xususiyat va qobiliyat. Notiqlikda qo‘llaniladigan nutq texnikasi, nutq usullari 2
Nutqning quvvati. Nutq quvvatiga ta’sir qiluvchi ko‘rsatkichlar 2
Chiqishga tayyorlanish. Chiqishning boshlanishi 2
Nazar va imo-ishoralar 2
Aktyorlik mahorati 2
Jami 12
  Mustaqil ta’lim mavzulari
Mavzular nomi Ajratilgan soat
Ritorika 2
Qadimgi Sharqda notiqlik san’atining rivojlanish tarixi 2
Nutqda badiiylik unsurlari, fikr va munosabat 2
Diqqatni jalb qilish va ushlab turish, ko‘z bilan muloqot 2
Xotirani yaxshilash yo‘llari 2
Qo‘rquv 2
Jami 12
 
Trening mavzulari
Mavzular nomi Ajratilgan soat
Til taktikasi – taraqqiyot strategiyasining ta’sirchan va innovatsion mexanizmi 2
Nutq madaniyati va notiqlik san’atining ijtimoiy hayotdagi o‘rni va tarixiy roli 2
Notiqlik san’atining turlari. Nutq, notiq, mantiq tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi 2
Sharq va g‘arb notiqlari so‘z, nutq va til haqida. Nutq madaniyatining qo‘sh qanoti 2
Til tilsimoti texnologiyasi. Taxayyul – tasavvur – tafakkur – taassurot – dil – til – nutq 2
Jami 10
  Mustaqil ta’lim mavzulari
Mavzular nomi Ajratilgan soat
Nutq mahoratining ikki ustuni: (Nutq xususiyatlarini bilish va nutq texnikasiga amal qilish) Qoidali nutq – foydali nutq 2
Nutqning aniqligi – fikrning tiniqligi; Mantiqiy nutq – mazmunli nutq; Sodda nutq – sara nutq; Chin so‘z mo‘tabar, yaxshi so‘z muxtasar 2
Toza nutq – andozali nutq; Jo‘yali nutq – uyali nutq; Ifodali nutq – iborali nutq; Nutq boyligi – nutq chiroyliligi 2
Nutq texnikasi – nutq vositalari: So‘zlashda va ifodali o‘qishda nafas va ovozning o‘rni. Diksiya haqida tushuncha. Intonatsiya, urg‘u, to‘xtam (pauza), sur’at (temp), ohang (ritm)ning fikr va ma’lumot yetkazishdagi  o‘rni 2
Nutqiy muloqotning tarkibiy qismlari. Suhbat asosi – diqqat. Xotirani kuchaytirish. Eshitish – tinglash – anglash layoqati. Kommunikativ kompetentlik 2
Jami 10

Trening mavzulari

Mavzular nomiAjratilgan soat
Muloqot haqida tushuncha va muloqotchanlik ko‘nikmalarini shakllantiruvchi ijtioiy-psixologik trening2
Muloqotdagi to‘siqlar va ularning oldini olish usullari2
Shaxslararo munosabatlardagi nizolarning psixologik sabablari2
Muloqot hamkorlikdagi faoliyat samaradorligini belgilovchi omil sifatida2
Jami8

 

Mustaqil ta’lim mavzulari

Mavzular nomiAjratilgan soat
Muloqot haqida umumiy tushuncha2
Muloqotning psixologik aspektlari2
Muloqotning shaxslararo munosabatlarda tutgan o‘rni2
Hamkorlikdagi faoliyatda muloqotning ahamiyati2
Muloqotning tuzilishi va tomonlari2
Shaxslararo munosabatlarda yuzaga keluvchi nizolarning psixologik sabablari2
Jami12
Trening mavzulari
Mavzular nomi Ajratilgan soat
Pauza. Gavdani tutish. Efirda harakatlanib nutq qilish 2
Savollarga javob berish 2
So‘z jangi usuli 2
Og‘zaki improvizatsiya 2
Qog‘ozga qarab nutq o‘qish 2
Jami 10
  Mustaqil ta’lim mavzulari
Mavzular nomi Ajratilgan soat
Slaydlarni ko‘rsatish qoidalari 2
Inkor usuli 2
Hazil 2
“Zararli” savol beruvchini neytrallash 2
Diqqatni saqlab turish usullari 2
Jami 10
Amaliy mashg‘ulot mavzulari
Mavzular nomi Ajratilgan soat
Ish yuritish tili va uslubi. Tashkiliy-farmoyish hujjatlari 2
Ma’lumot-axborot hujjatlari 2
Xizmat yozishmalari 2
Jami 6
  Mustaqil ta’lim mavzulari
Mavzular nomi Ajratilgan soat
Sohaga oid tashkiliy va farmoyish hujjat namunalari tahlili 2
Sohada qo‘llanadigan zaruriy ma’lumot-axborot hujjatlari 2
Rasmiy xat namunalari 2
Jami 6

Ish daftari bilan ishlash

Tinglovchilar bosma hamda elektron shakldagi ish daftarlari bilan ta’minlanadi. Modulning mazmuniga mos mashq va topshiriqlardan iborat mashq daftari orqali amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarishadi.

 

Tinglovchilarni yakuniy baholash

Yakuniy baholash test, og‘zaki hamda yozma (esse, sohaga oid hujjat yozish) shaklida o‘tkaziladi. Yakuniy sinovlar uchun 4 soat ajratiladi.

    Maksimal ball – 100
    Saralash bali – 55

Ballar taqsimoti:

Baholash shakli Eng yuqori ball
Esse 40
Sohaga oid hujjat yozish 20
Ogʻzaki 10
Test 30
Jami 100 ball