Markazning Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi 2020-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakulteti 8-binosida joylashgan.
Hududiy bo‘linmaning malaka oshirish kurslarida shu kungacha 1000 dan ortiq tinglovchilar ishtirok etishdi. Tinglovchilarning 3 ta modul bo‘yicha olgan bilimlari test va esselar orqali aniqlanib, topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarganlar sertifikatlarga ega bo‘lishadi. Markazda viloyatdagi korxona, tashkilot, idora va xo‘jalik birlashmalari uchun “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” kursi, keng aholi qatlami uchun “O‘zbek adabiy tili me’yorlari” kurslari tashkil etilgan.
Markazda darslar an’anaviy va masofaviy shaklda haftada 5 kun (dushanba-juma), soat 1400-1600 gacha davom etadi.