12035 so'm 151 so'm
Qabulxona: (+998 71) 123-45-67
Email: info@dtrm.uz
Fax: 1234

Вид

A
A
A

Размер шрифта

A-
A+

Sirdaryo viloyati

DTRM UZ > Sirdaryo viloyati
DTRM UZ > Sirdaryo viloyati
[/vc_column]

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi faoliyati 2020-yil sentabr oyidan boshlab Guliston davlat universitetida yo‘lga qo‘yilgan.

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari va xohlovchilarga shartnoma asosida o‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlari, ko‘nikma va mahoratlarini oshirib borish maqsadida “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” kursi hamda keng aholi qatlami vakillari uchun “O‘zbek adabiy tilining yozma nutq me’yorlari”  kursi tashkil qilingan.

Hozirgi kunga qadar “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” kursini 2022-yilda 544 nafar, 2023-yilda 572 nafar 2024-yil yanvar-iyun oyida 278- nafar jami 1391 nafar tinglovchilar muvaffaqiyatli tugatgan.

Hududiy bo‘linmaga Guliston davlat universitetining malakali professor-o‘qituvchilari jalb qilinib kelinmoqda.


Manzil: Guliston shahar, 4-mavze Guliston davlat universiteti Ma’naviyat  va ma’rifat markazi binosi.